Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Andijon davlat çet tillar instituti faoliyatini taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori loyihasi eʼlon qilindi.
Qaror bilan Andijon davlat çet tillar instituti taşkil etiladi. Şuningdek, uning asosiy vazifalari va faoliyat yönalişlari etib belgilanadi:
mehnat bozori talablariga mos malakali, çet tillarni mukammal egallagan kadrlarni tayyorlaş;
yetakçi xorijiy oliy taʼlim muassasasalarining çet tillar böyiça zamonaviy taʼlim texnologiyalari, ilğor va innovatsion tajribalarini qöllagan holda öquv jarayonini taşkil qiliş;
çet tillar böyiça milliy va xorijiy professor-öqituvçilar bilan hamkorlikda yangi avlod öquv adabiyotlarini yaratiş, axborot-resurs markazini zamonaviy öquv, öquv-metodik va ilmiy adabiyotlar bilan taʼminlaş hamda ularni muntazam yangilab boriş;
taʼlim jarayonini raqamli texnologiyalar asosida individuallaştiriş, vebinar va onlayn texnologiyalarni amaliyotga tatbiq etiş;
xalqaro eʼtirof etilgan taşkilotlarning (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Nigher Education, Academic Ranking of World Universities kabi) reytingida oliy taʼlim muassasalari orasida birinçi 1 000 örinni egallagan xorijiy oliy taʼlim muassasalarining tajribasi va dasturlari asosida individual taʼlim trayektoriyalariga asoslangan, talabalarda kreativ fikrlaş, amaliy könikmalarni şakllantirişga qaratilgan öquv rejalar işlab çiqiş orqali talabalar qiziqişlari hamda kadrlar buyurtmaçilari ehtiyojlariga muvofiq taʼlim dasturlarini şakllantiriş;
xalqaro baholaş dasturlari (PISA, TIMSS, PIRLS) va STEAM standartlaridan foydalaniş, öqitiş va baholaşning zamonaviy şakllari, metodlari va texnologiyalarini joriy etiş hamda uşbu bilim va könikmalarga ega bölgan pedagoglarini tayyorlaş;
talabalarda mustaqil taʼlim oliş, tanqidiy va ijodiy fikrlaş, tizimli tahlil qiliş, tadbirkorlik könikmalarini şakllantiriş, öquv jarayonida kompetentsiyalarni kuçaytirişga qaratilgan metodika va texnologiyalarni joriy etiş, öquv jarayonini amaliy könikmalarni şakllantirişga yönaltiriş;
respublika va xorijiy oliy taʼlim hamda ilmiy muassasalariga istiqbolli yoş bitiruvçilarni magistratura va doktoranturaga muntazam yuboriş orqali Institutning ilmiy-pedagogik salohiyatini oşirib boriş.
Qarorga köra, Institut Özbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tuşirilgan va öz nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalarga, mustaqil balansga hamda şaxsiy ğazna hisobvaraqlariga ega davlat oliy taʼlim muassasasi hisoblanadi. Institutda öquv jarayoni 2022/2023 öquv yilidan boşlanadi.
Institutga qabul parametrlari belgilangan tartibda har yili tasdiqlanadigan respublika oliy taʼlim muassasalariga öqişga qabul qilişning davlat buyurtmasi parametrlaridan kelib çiqqan holda şakllantiriladi.
Institutda taʼlim faoliyati Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qiliş davlat inspektsiyasi tomonidan sifatli taʼlim beriş uçun yetarli şaroitlar töliq yaratilganligi töğrisidagi ijobiy xulosasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etilganidan söng boşlanadi.
Institut faoliyatini moliyalaştiriş manbalari etib Özbekiston Respublikasi Davlat byudjeti, talabalarning tölov-kontrakt asosida taʼlim olişidan, şartnomalar asosida xizmat körsatişdan tuşadigan mablağlar, jismoniy va yuridik şaxslarning homiylik xayriyalari, şuningdek qonunçilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boşqa manbalar belgilanadi.
Institutning dastlabki faoliyatini yölga qöyiş bilan boğliq xarajatlar, jumladan, bino va inşootlarini joriy taʼmirlaş va jihozlaş (mebellar, kompyuter texnikasi, öquv adabiyotlari va boşqa moddiy-texnika vositalar) xarajatlari – Oliy va örta maxsus taʼlim vazirligining oliy taʼlim muassasalarini rivojlantiriş jamğarmasi mablağlari hisobidan amalga oşiriladi.









