11 dekabr kuni Toşkentdagi birinçi Magnum gipermarketi oçiladi

11 dekabr kuni Toşkentdagi birinçi Magnum gipermarketi oçiladi

11 dekabr kuni Toşkentda birinçi Magnum gipermarketi oçiladi. Bu haqda kompaniya ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.

U Çilonzor tumanidagi Integro savdo markazida 7500 kv.m maydonda joylaşadi. Avvalroq kompaniya xabar qilganidek, gipermarketda Özbekiston va Qozoğistonda işlab çiqarilgan, boşqa mamlakatlardan olib kelingan 20 mingdan ortiq mahsulot joy oladi.

“Spot” maʼlumotlariga köra, Kompaniya direktori Azamat Osmanov 2021 yilda Toşkentda oltitagaça dökon oçişni rejalaştirgan bölib, ular asosan gipermarket şaklida bölişini aytib ötgan.

Kompaniya oçilişga bir yildan ortiq tayyorgarlik kördi va şu vaqt içida 700ga yaqin xodimni işga oldi. Bozor tadqiqotlari davomida Özbekistonda iqtisodiyot va örta segmentlarning uluşi Qozoğistonnikidan ança yuqori ekanligi maʼlum böldi. Özbekistonlik xaridorlar mahsulot sifatidan köra, narxining hamyonbopligiga köproq eʼtibor qaratişadi.

×