Ginnessning rekordlar kitobiga kiritilgan eng keksa odam vafot etdi

Ginnessning rekordlar kitobiga kiritilgan eng keksa odam vafot etdi

Sayyoramizning eng keksa odami Frantsiska Susano 124 yoşida hayotdan köz yumdi.

Uzoq umr köruvçi duşanbaga ötar keçasi vafot etgan. Bu haqda Kabankalan şahar maʼmuriyati Facebook orqali xabar berdi.

«Sevimli Frantsiska Susano vafot etgani haqidagi xabarni yuragimizda qayğu bilan qabul qildik. U hamişa bizning ilhomimiz va faxrimiz bölib qoladi», — deyiladi xabarda.

Ölim sababi aniqlanmagan. Mahalliy soğliqni saqlaş boşqarmasi pensionerda virusli kasallik alomatlari yöqligini maʼlum qildi.

Şahar maʼmuriyatining taʼkidlaşiça, marhumning sayyoradagi eng keksa odam maqomi Ginnessning rekordlar kitobi tomonidan rasman tasdiqlangan.

Filippinning Kabankalan şahrida istiqomat qilgan Susano 1897 yil 11 sentyabrda dunyo kelgandi.

Ötgan yili 122 yoşli ayolning uzoq umr sirlari bilan örtoqlaşgani tasvirlangan videoni havola qilgandik.

×