Sudanda davlat töntarişi: Boş vazir va amaldorlar hibsga olindi

Sudanda davlat töntarişi: Boş vazir va amaldorlar hibsga olindi

Sudan harbiylari ötiş davri fuqarolik hukumati aʼzolarini, jumladan, Boş vazirni hibsga oldi va mamlakatda favqulodda holat eʼlon qildi. Bu haqda BBC naşri xabar bermoqda.

Sudan Suveren kengaşi rahbari, general Abdul Fattoh al-Burhon telemurojaatida turli siyosatçilar örtasidagi qarama-qarşilik va zöravonlikka çaqiriqlar tufayli harbiylar vaziyatga aralaşişga majbur bölinganini aytgan. Namoyişçilar poytaxt Hartum köçalariga çiqqan, otişma bölgani haqida xabarlar bor. Uç nafar namoyişçi halok bölgan. 

Taʼkidlanişiça, köp sonli namoyişçilar fuqarolik hukumatining qaytişini talab qilmoqda va namoyişlar boşqa şaharlarga, jumladan, Atbara, Vad-Medani va Port-Sudanga ham yoyilgan. Siyosiy partiyalar va kasaba uyuşmalari ham noroziliklarga çaqirilgan, namoyişçilar soni ortişi kutilmoqda. 

“Fuqarolik hukumati qaytib kelmagunça va hokimiyatni topşiriş boşlanmagunça köçalarni tark etmaymiz”, degan namoyişçilardan biri Savsan Başir. 

Harbiylarning vaʼdalari

Al-Burhon Sudan xalqaro kelişuvlarga sodiq qolişini va bir munça vaqt ötgaç, mamlakat fuqarolik boşqaruviga qaytişi mumkinligiga vaʼda bergan, bu 2023 yil iyuliga belgilangan saylovlardan keyin sodir bölişi mumkin. 

Taʼkidlanişiça, keça, 25 oktyabr kuni tongda harbiylar Boş vazir Abdulla Hamduk va hukumat aʼzolarining köpini hibsga olgan. Maʼlumotlarga köra, Hamduk uy qamoğiga olingan. U harbiylarning harakatlarini qöllab-quvvatlovçi bayonot berişdan boş tortgani aytilgan.

Maʼlumotlarga köra, armiya nafaqat vazirlarni, balki hukmron kengaşning bir fuqarosi, bir neça ştat gubernatorlari va siyosiy partiyalar yetakçilarini ham hibsga olgan. 

Hamduk tarafdorlari nazorati ostida qolayotgan Sudan Axborot vazirligi hodisani harbiy töntariş deb atagan va qarşilik körsatişga çaqirgan. Uy qamoğiga olingan Boş vazirning özi ham inqilobni tinç yöl bilan himoya qiliş uçun odamlar köçaga çiqişi kerakligini aytgan. 

“Biz demokratiyani oxirigaça himoya qilamiz”, degan namoyişçilardan biri, 21 yoşli Ahmad.

“Burhon bizni alday olmaydi. Bu harbiy töntariş”, degan yana bir namoyişçi. 

Axborot vazirligi maʼlumotlariga köra, harbiylar tomonidan hokimiyatni egallab olinişiga qarşi namoyişlarda ön minglab odamlar qatnaşgan. Sudan poytaxti Hartumdagi armiya rahbariyati joylaşgan bino yaqinida otişma ovozlari eşitilgan. Şifokorlarning xabar berişiça, töqnaşuvlar davomida kamida 12 kişi jarohatlangan, boşqa tafsilotlar hozirça nomaʼlum. 

Guvohlarning aytişiça, harbiy va harbiylaştirilgan kuçlar Hartumga tinç aholi harakatini çeklaş uçun joylaştirilgan. Ularning qöşimça qilişiça, poytaxtda internet ham işlamayapti, şuning uçun Sudanda nima bölayotgani haqida maʼlumot oliş qiyin bölmoqda.

Xabarlarga köra, harbiylar Omdurman şahridagi asosiy teleradio markaziga bostirib kirib, bir qança xodimlarni hibsga olgan. Şuningdek, poytaxt aeroporti yopilgan, unga yaqinlaşiş harbiylar tomonidan tösib qöyilgan, xalqaro reyslar töxtatilgan. 

Amerika Qöşma Ştatlari Sudandagi harbiy töntariş haqidagi xabarlardan çuqur xavotirda ekanini maʼlum qilgan. AQŞning Afrika böyiça maxsus vakili Jeffri Feltman hokimiyatning harbiylar tomonidan qölga olinişi mutlaqo nomaqbul bölişini va Amerikaning Sudanga insonparvarlik yordamini xavf ostiga qöyişini aytgan. 

Şuningdek, Arab davlatlari ligasi Sudandagi voqealardan xavotir bildirgan. Liga boş kotibi Ahmad Abul Gayt Sudanda tomonlarni imzolangan ötiş davri kelişuvlariga rioya qilişga çaqirgan. Sudan — Arab davlatlari ligasining aʼzosi. 

Sudandagi inqiroz 

Harbiylar va fuqarolik ötiş davri hukumati örtasidagi ziddiyat kuçaygan bir paytda armiya Sudan hukumatini hibsga oldi. Ular Prezident Umar al-Başir 2019 yilda bir neça oylik köça namoyişlarida hokimiyatdan çetlatilganidan keyin mamlakatni birgalikda boşqargan.

Başir korruptsiya, sovğalarni noqonuniy qabul qiliş va çet el valyutasini saqlaş ayblovlari bilan ikki yilga ozodlikdan mahrum etilgan. Uning isteʼfosidan keyin kelişilgan siyosiy özgariş natijasida 2023 yil oxirida saylov bölib ötişi kerak edi. 

Inqiroz sentyabr oyida al-Başir tarafdorlariga tegişli davlat töntarişiga uriniş bilan avj oldi. Oktyabr oyida demokratik kuçlarning muxoliflari Xartum köçalariga çiqib, armiyani mamlakatni öz nazoratiga olişni talab qildi va ötgan payşanba kuni poytaxtda ön minglab odamlar tinç ötiş davri hukumatini qöllab-quvvatlaşlarini namoyiş etdi. 

Sönggi oylarda Sudan iqtisodi qiyin ahvolda qoldi va muvaqqat hukumatni qöllab-quvvatlaş keskin kamaydi. 

Bu yil ommaviy axborot vositalari Sudan öz hududida al-Başir hukmronligi davrida tuzilgan Rossiya harbiy-dengiz bazasini joylaştiriş töğrisidagi şartnomani bekor qilgani haqida xabar tarqatdi. Moskva bu masala hal qilinmaganini va bitimni ratifikatsiya qilişdan boş tortiş haqidagi bayonotlar haqiqatga töğri kelmasligini bildirdi.

×