Özbekistonga berilgan qarzlar qayerga sarflanmoqda?

Özbekistonga berilgan qarzlar qayerga sarflanmoqda?

Joriy yilning birinçi yarim yilligida Özbekistonning davlat taşqi qarzi 21,8 mlrd AQŞ dollarini, içki qarzi esa 2,4 mlrd dollarni taşkil qilmoqda. Bugun, 15 oktyabr kuni Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligining davlat qarzi departamenti direktori Jasur Qarşiboyev mazkur qarzlarning iqtisodiyot tarmoqlari kesimida qançadan taqsimlangani haqidagi statistikani taqdim qildi.

Maʼlumotlarga köra, taşqi qarzning iqtisodiyot tarmoqlari kesimida taqsimlanişi quyidagiça:

●  Byudjetni qöllab-quvvatlaşga – 4,7 mlrd dollar;
●  elektr-energetikaga – 3,1 mlrd dollar;
●  energetika (neft va gaz) – 2,7 mlrd dollar;
●  transport va transport infratuzilmasiga – 2,5 mlrd dollar;
●  qişloq va suv xöjaligiga – 2,3 mlrd dollar;
●  uy-joy kommunal xizmat körsatişga – 2,0 mlrd dollar;
●  tijorat banklariga – 1,3 mlrd dollar;
●  kimyo sanoatiga – 1,2 mlrd dollar;
●  taʼlim va soğliqni saqlaş sohasiga – 0,7 mlrd dollar;
●  telekommunikatsiya tarmoqlari uçun – 0,2 mlrd dollar;
●  boşqa sohalarga – 1,1 mlrd dollar yönaltirilgan.

Bugungi kunda Özbekiston nomidan jalb qilingan taşqi qarz qoldiği 15,4 mlrd dollarni, davlat kafolati ostida jalb qilingan taşqi qarz qoldiği esa 6,4 mlrd dollarni taşkil qilmoqda. 

×