Qozoğistonda koronavirusni yangi ştammi aniqlandi. U Özbekistonga kirmaganmi?

Qozoğistonda koronavirusni yangi ştammi aniqlandi. U Özbekistonga kirmaganmi?

Qozoğistonda koronavirusning yangi “nigerça” Eta-ştammi aniqlandi. Bu haqda mamlakat Soğliqni saqlaş vazir Aleksey Tsoy özining Facebook'dagi sahifasida maʼlum qilgan. 

Qayd etilişiça, Qozoğistonning törtta viloyatida koronavirusning “nigerça” Eta-ştammi aniqlangan. 

Xabarga köra, mutaxassislar şu yilning iyul-avgust oylarida olingan ijobiy namunalarni tahlil qilgan. 

“Qozoğiston Respublikasida 96 ta namuna ketma-ketligi natijalariga köra, koronavirusning “delta” ştammining tarqaliş ehtimoli 57 (59,4) foiz, “Alpha” ştammi 24 (25) foiz, Uxanda tarqalgan koronavirusning birinçi ştammi 10 (10,4) foiz va  “nigerça” Eta-ştammi 5 (5,2) foiz”, deb yozgan Tsoy.

QALAMPIR.UZ koronavirusning yangi ştammi Özbekistonga ham kirib kelgan-kelmaganini biliş uçun Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi xizmati Matbuot kotibiga murojaat qildi.

Matbuot kotibining maʼlum qilişiça, Özbekistonda bunday ştamm umuman aniqlanmagan.

JSST maʼlum qilişiça, joriy yilning 15 sentyabr holatiga köra koronavirusning “nigerça” ştammi dunyoning 77 mamlakatiga kirib borgan. Uning alomatlari boşqa COVID-19'ning barça ştammlari bilan bir xil: isitma, yötal hamda hid va taʼm biliş sezgisining yöqolişi.
Diyora Abdurahmonova

×