Bu yilgi paxta yiğim-terimi mavsumida qölda terilgan 1 kilogramm paxta uçun birinçi terimda 1200 sömdan, ikkinçi terimda 1500 sömdan kam bölmagan miqdorda mehnat haqi tölaş belgilandi.
Özbekiston paxta-töqimaçilik klasterlari uyuşmasi raisining birinçi örinbosari Saʼdulla Tojiyevning aytişiça, Jizzax, Sirdaryo va Toşkent viloyatlarining barça tumanlarida hamda Qoraqalpoğiston Respublikasi, Qaşqadaryo va Surxondaryo viloyatining çekka tumanlarida terimçilarni qöşimça jalb qiliş maqsadida qölda terilgan xar bir kilogramm paxta xom aşyosi uçun Respublika byudjeti qöşimça manbalari hisobidan 230 sömdan ustama haq tölanişini taʼminlanadi.
Şuningdek, klasterlar özlariga biriktirilgan xududlarda terim pulini mustaqil belgilaşi, yaʼni tavsiya etilayotgan narxlardan yuqori miqdorda haq tölaşlari ham mumkin.









