Özbekistonga Erondan yana issiq va quruq havo kirib keladi

Özbekistonga Erondan yana issiq va quruq havo kirib keladi

Avgust oyining oxirgi kunlari Özbekistonning köpçilik viloyatlarida quruq va huddi yoz oylaridek issiq ob-havo bölişi kutilmoqda, faqat Toşkent viloyatida, şuningdek respublikaning toğ oldi va toğli hududlarida momaqaldiroq bilan biroz qisqa muddatli yomğir yoğişi ehtimoli bor. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati xabar berdi. 

Bunday holat janubi-ğarbiy Qozoğiston hududlaridan nisbatan salqin havo massalari kirib kelişi bilan boğliqdir. Respublika böyiça baʼzi joylarda şamol tezligi 15-20 m/s gaça kuçayişi kutilmoqda. Havo harorati uşbu kunlarda keçalari 15-20° ni, kunduz kunlari 30-35° ni taşkil etadi.

Sentyabr oyining birinçi beş kunligida Mustaqillik bayramini nişonlaş kunlarida Özbekiston hududiga Eron hududlaridan yana issiq va quruq havo kirib kelişi boşlanadi.

Respublikaning barça hududida kuçsiz, baʼzi joylarda biroz şamollar bilan asosan kam bulutli ob-havo bölişi kutilmoqda. Harorat yana kötarila boşlaydi va haftaning oxiriga kelib, kunduz kunlari termometr ustuni 36-39° gaça kötariladi.

×