Xabaringiz bor, keça, 27 avgust kuni portugaliyalik futbol yulduzi Kriştianu Ronaldu “Mançester Yunayted” klubi futbolçisi, deb eʼlon qilindi.
Britaniyaning “Goal” naşri Kriştianu Ronalduning MYUga qaytiş tafsilotlarini maʼlum qildi.
Gap şundaki, MYU Ronalduga taklif yuborişiga aynan Ser Aleks Fergyuson sababçi bölgan. 27 avgust kuni ertalab, Kriştianu Ronaldu va Aleks Fergyuson özaro telefonda suhbatlaşişgan.
Ronalduning “Siti”ga ötişi haqidagi xabarlar fonida Aleks Fergyuson Kriştianuga qönğiroq qilgan. Öşa vaqtda “Siti” Ronalduga qiziqayotgan yagona klub edi. Ser Aleks Ronalduga qönğiroq qilganidan keyin, MYU işga kirişgan va futbolçiga taklif yuborgan.
Manbaning maʼlumotlariga köra, uşbu transferda katta rolni aynan Ser Aleks Fergyuson öynadi. Ronalduning agenti Xorxe Mendeş bilan yaxşi aloqalari ham Aleks Fergyusonga bu işni ijobiy hal qilişda yordam bergan.
“Uning qaytganidan xursandman. MYU uning uyi, men uning bu yerga yana kelişiga yordam berganimdan bağoyatda şodman. Umid qilamanki, Ronaldu bu yerda yoşlik damlarini yodga olib, yanada yaxşiroq öyin körsatadi”, deydi Ser.
Maʼlumot uçun, Ronaldu transferi MYUga 15+8 million yevroga tuşgan. U FIFA yiğinlaridan keyin jamoaga kelib qöşilişi kutilmoqda.
Eslatib ötamiz, joriy yilning 30 avgustidan 8 sentyabrigaça FIFA yiğini bölib ötadi.









