Joriy yil 14 avgust kuni Namangan şahar Favqulodda vaziyatlar bölimiga Kosonsoy köçasidan oqib ötuvçi Şimoliy Farğona kanalida hayvon jasadi oqib ketayotgani haqida maʼlumot kelib tuşdi.
Voqea joyiga FVB yonğin-qutqaruv qismi şaxsiy tarkibi yetib borib, nobud bölgan jonivor suvdan olib çiqildi. Uning qöy jasadi ekani maʼlum böldi va obodonlaştiriş xodimlariga topşirildi.
«Afsuski, bunday holatlar keyingi paytda köplab uçrayapti. Xodimlarimiz qirğoqni mustahkamlaş işlari, çökkanlarni qutqariş davomida kanal va soylarda hayvonlar —mol-qöy, eşak jasadlariga duç kelyapti. Boşqarma va bölimlarimizga bu haqda murojaat va maʼlumotlar kelib tuşyapti. Vaholanki, nobud bölgan hayvonlar maxsus çuqur yoki krematoriyda zararsizlantirilişi kerak. Uy hayvonlarini boqayotganlar parvarişlayotgan hayvonlari nobud bölsa darhol veterinariya mutaxassisiga murojaat etişlari, mutaxassis hayvon ölimi sabablarini aniqlaganidan söng uni veterinariya-sanitariya qoidalariga rioya qilgan holda zararsizlantiriş çoralarini körişlari lozim. Aks holda öta xavfli yuqumli kasalliklar tarqalişiga sababçi bölib qolişlari mumkin», — deydi viloyat FVB matbuot xizmati rahbari Qahramon Sattarov.









