Joriy yilning yanvar-iyun oylarida eng köp 20–39 yoşgaça ayollar orasida nikoh qayd etilgan. Bu haqda Davlat statistika qömitasi maʼlum qildi.
Maʼlum bölişiça, Özbekistonda 2021 yilning yanvar–iyun oylarida 118 988 ta nikoh qayd etilgan. 152 ta holatda 60 va undan yuqori yoşdagi ayollar oila qurgan.
Bundan taşqari, şu vaqt mobaynida qayd etilgan nikohlar sonida ayollarning yoşi ham aniqlangan:
20 yoşgaça ayollar — 31 903 ta;
20–39 yoşgaça ayollar — 84 061 ta;
40–59 yoşgaça ayollar — 2 872 ta;
60 va undan yuqori yoşli ayollar — 152 ta.









