Namanganda yomğir yoğib, momaqaldiroq kuzatilişi mumkin

Namanganda yomğir yoğib, momaqaldiroq kuzatilişi mumkin

Gidrometeorologiya xizmati markazi bugun, 11 iyun va 12-13 iyun — dam oliş kunlari Özbekistonda kutilayotgan ob-havo haqida maʼlumot berdi.

Bugun, 11 iyun kuni Özbekistonda quruq ob-havo bölişi kutilmoqda, faqat Andijon, Namangan, Farğona viloyatlarida kunning ikkinçi yarmida baʼzi joylarda qisqa muddatli yomğir yoğişi, momaqaldiroq bölişi mumkin. Havo harorati kunduz kuni 35-37° ni, Surxondaryo viloyatida baʼzi joylarda 41-43° gaça ni taşkil etadi.

Dam oliş kunlari respublika böyiça asosan quruq ob-havo saqlanib turadi, faqat Respublikaning toğ oldi va toğli hududlarida konvektiv bulutlilik rivojlanişida baʼzi joylarda momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomğir yoğişi mumkin. Uşbu kunlarda harorat meʼyordan 1-2° ga köp böladi va 33-36° ni, janubda va çöl hududlarida 37-40° ni taşkil etadi.

Respublikaning ayrim hududlarida şamol baʼzi joylarda çangli böron bilan 17-22 m/s gaça kuçayadi.

×