2021 yilning 9 iyun kuni Namangan şahridagi “Samira Amir teks” masʼuliyati çeklangan jamiyatida jamiyatda işlovçi yoşlar iştirokida Namangan viloyat sudi fuqarolik işlari böyiça sudlov hayʼati raisi A.Safayev tomonidan “Özbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi töğrisida”gi Konstitutsiyaviy qonunining mazmun mohiyatiga bağişlangan davra suhbati ötkazildi.
Mazkur tadbirda Namangan viloyat sudi fuqarolik işlari böyiça sudlov hayʼati raisi A.Safayev sözga çiqib, 2021 yilning 27 aprel kuni Özbekiston Respublikasining “Konstitutsiyaviy sudi töğrisida”gi qonuni qabul qilinganligi, mazkur qonunga muvofiq Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining maqomi, xususan Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi doimiy faoliyat yurituvçi sud hokimiyati organ ekanligi, qonun çiqaruvçi va ijro etuvçi hokimiyat hujjatlarining Konstitutsiyaga muvofiqligi töğrisidagi işlarni körişi, Konstitutsiyaviy sudning vakolatlari xususida söz yuritdi.
Bundan taşqari, maʼruzaçi Konstitutsiyaviy sudni saylaş, sudyalarning vakolat muddatlari, Konstitutsiyaviy sudning faoliyat tartibi kabi masalalar xususida ham atrofliça töxtalib ötdi.
Tadbir davomida «Yuksak huquqiy madaniyat — mamlakat taraqqiyoti kafolati» degan kontseptual ğoya asosida aholining barça qatlamlari huquqiy savodxonlikka erişişlari, yuksak darajadagi huquqiy ongga ega bölişlari hamda huquqiy bilimlarini kundalik hayotda qöllay olişlari uçun tizimli va keng qamrovli huquqiy tarğibot tadbirlarini taşkil qiliş davlat organlari va taşkilotlarning ustuvor vazifalaridan biri etib belgilanganligi taʼkidlab ötildi.
Mazkur tadbir davomida iştirokçilar özlarini qiziqtirgan savollarga A.Safayev tomonidan batafsil javoblar berildi hamda tadbir iştirokçilarini qizğin suhbatga çorladi.
Sardor Jöraboyev
Viloyat sudi sudyasi










