Özbekiston aholisining 60-70 foizi koronavirusga qarşi vaktsina bilan emlanganidan söng immunitet hujayralari mavjud insonlar niqoblarsiz yurişi va ijtimoiy masofani saqlamasligi mumkin. Bu haqda AOKAda bölib ötgan brifingda koronavirusga qarşi kuraşiş ştabi aʼzosi Sevara Ubaydullayeva maʼlum qildi.
Uning sözlariga köra, vaktsinatsiya koronavirus infektsiyasi bilan kasallanişning oldini oladi va respublika aholisining 60-70 foiz qismi vaktsinatsiya qilinsa, ommaviy immunitet hosil böladi. Ommaviy immunitet hosil qilinişi koronavirus infektsiyasini nazorat qiliş va yengib çiqişda erişilgan katta yutuq hisoblanadi.
“Vaktsinatsiyaning töliq bosqiçlarini olgan inson organizmida koronavirus infektsiyasidan himoya qiluvçi immun hujayralar işlab çiqiladi. Mazkur hujayralar qança muddat himoya qilişi borasida töliq maʼlumot bölmasa-da, bu hujayralar titri yuqori bölgan davrda insonga koronavirus infektsiyasi yuqmaydi. Albatta, bunday holatda vaktsinatsiya töliq bosqiçlarini olgan va immunitet hujayralari mavjud insonlar niqoblarsiz yurişi va ijtimoiy masofani saqlamasligi mumkin”, dedi ştab aʼzosi.
Şuningdek, AQŞ va Yevropaning baʼzi davlatlarida vaktsina olgan fuqarolarga niqoblarsiz yuriş, ijtimoiy masofani saqlamaslikka ruxsat berilgani eslatib ötildi.
Mutasaddining fikriça, bu uşbu davlatlar aholisi orasida emlanganlar soni 50 foiz va undan köproq bölgani hamda aholi orasida ommaviy immunitet hosil qilinişiga asos mavjudligi bois bölişi mumkin.
Eslatib ötamiz, AQŞning 119 million aholisi koronavirusga qarşi töliq emlandi va emlangan amerikaliklar endi jamoat joylarida niqobsiz yurişi mumkinligi haqida xabar berildi.
Manba: Kun.uz









