Tadbirkorlar kamera örnatadigan joylarning boşlanğiç narxlari eʼlon qilindi

Tadbirkorlar kamera örnatadigan joylarning boşlanğiç narxlari eʼlon qilindi

Tadbirkorlar tomonidan qoidabuzarliklarni aniqlaş uçun kameralar örnatiş tartibi belgilandi.

Qarorga köra, avtomatlaştirilgan foto va video qayd etiş vositalari örnatilişi mumkin bölgan joylar «E-IJRO AUKSION» platformasida onlayn auktsionga qöyiladi. Şuningdek, Tadbirkorlarga uşbu hududlardagi sönggi 2 yilda aniqlangan qoidabuzarliklar töğrisidagi maʼlumotlar eʼlon qilinadi.

Tadbirkorlarga yöllarda xususiy radarlarni örnatişga ruxsat beriş loyihasi körib çiqilib, örnatiladigan joylarning boşlanğiç narxi 735.000 sömdan 8.575.000 sömgaça etib belgilangan.

Tizim işga tuşirilgan kundan boşlab tadbirkorlarga 1 yil davomida qayd etilgan qoidabuzarliklardan undirilgan jarima summasining 50 foizi, 1 yil ötgaç esa 25 foizi ötkazib beriladi.

Maʼlumot uçun: birgina Toşkentda 157 ta xususiy radarlar va 2500 ta kamerlar örnatiladi.

×