Özbekistonda 2020 yilda gödaklar va onalar ölimi köpaygan

Özbekistonda 2020 yilda gödaklar va onalar ölimi köpaygan

2020 yil avvalgi yilga nisbatan gödaklar ölimi 428 taga, onalar ölimi 10 taga oşgan. Bu haqda Oliy Majlis Senatining 23 aprel kuni bölib ötgan yalpi majlisida maʼlum qilindi.

Senat Matbuot xizmat maʼlumotiga köra, 2020 yili 6 860 nafar gödak va 155 nafar ona vafot etgan. 2019 yilda bu körsatkiçlar mos ravişda 6 432 ta va 145 ta bölgan.

Bir yil davomida gödaklar ölimi 428 taga, onalar ölimi esa 10 taga köpaygan. Gödak va onalar ölimining köpayişiga reproduktiv salomatlikni, onalik va bolalikni muhofaza qilişga oid qonun hujjatlari ijrosini taʼminlaşdagi kamçiliklar sabab qilib körsatilgan.

Avvalroq, 2020 yilda Özbekistonda umumiy jinoyatçilik 34,7 foizga, jumladan qasddan odam öldiriş 13,1 foizga, qasddan oğir şikast yetkaziş 13 foizga, nomusga tegiş 27,7 foizga oşgani maʼlum qilingandi.

×