Rossiya muxolifati yetakçisi Aleksey Navalniy özi saqlanayotgan koloniya ustidan sudga murojaat qildi.
«Gap şundaki, ular menga Qurʼon kitobimni bermayapti. Va bu mening jahlimni çiqarmoqda. Meni qamoqqa taşlaşganlarida özimni rivojlantirişga xizmat qiladigan narsalar röyxatini tuzgandim. Şulardan biri Qurʼon va payğambarning sunnatlarini çuqur örganiş va tuşuniş bölgan», — deya izoh berdi Navalniy.
Uning sözlariga köra, bir oy oldin koloniyaga tuşganida, u özi bilan birga kitoblar olib kelgan, şuningdek, buyurtma ham bergan. Biroq hozirgaça ulardan bittasi xam berilmagan. «Çunki ularning barçasi ekstremizmga tekşirilişi kerak. Bunga uç oy vaqt ketadi», — dedi u.
3 fevral kuni sud Navalniyga tayinlangan şartli hukmni qamoq jazosiga özgartirdi va u 3,5 yilgaça ozodlikdan mahrum qilingan edi.









