Qonunçilik palatasi yiğilişida birinçi navbatda va ixtiyoriylik asosida emlanadigan şaxslar, vaktsinatsiya jarayonidan ötişni istamasa ularga nisbatan çora körilişi mumkinmi degan savolga Boş vazir örinbosari Behzod Musayev javob berdi.
“Ixtiyoriy emlanişdan boş tortadigan bölsa, ularga heç qanday çora körilmaydi. Emlaniş ixtiyoriy bölgandan keyin, undan voz keçilsa, faqatgina emlaşning afzalligi tuşuntiriladi. Lekin emlaniş niyatida bölmagan odamga iş faoliyatida, mehnat faoliyatida heç qanday taʼsir çoralari körilmaydi”, dedi Musayev.
Özbekistonda birinçilardan bölib koronavirusga qarşi vaktsina aholining xavf guruhiga kiruvçi qatlamiga berilişi haqida xabar bergan edik. Uşbu röyxatga nuroniylar, tibbiyot xodimlari, surunkali kasalliklari bor fuqarolar, huquqni muhofaza qiliş organ xodimlari, MTM va maktablar öqituvçilari kirgan.









