Namanganda 4 balli yer qimirlaşi holati kuzatildi

Namanganda 4 balli yer qimirlaşi holati kuzatildi

3 fevral kuni Toşkent vaqti bilan soat 03:03 Namangan viloyati hududida zilzila qayd etildi. FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazining maʼlum qilişiça, zilzila epimarkazi Çortoq tumanida joylaşgan.

Xabar berilişiça, zilzila epitsentri Toşkent şahridan 215 kilometr janubi-şarqiy yönalişdagi masofada joylaşgan bölib, öçoği 10 kilometr çuqurlikda, magnitudasi 3,2 ballga teng bölgan.

Yerosti silkinişlari kuçi Namangan viloyatida 4 ballni taşkil etgan.

Eslatib ötamiz, 29 yanvar kuni Qirğizistonda sodir bölgan zilzila kuçi Namanganda sezilgandi, 17 yanvar kuni Özbekistonning qator viloyatlarida unça kuçli bölmagan yerosti silkinişlari qayd etilgan, şuningdek, 11 yanvar kuni Farğona vodiysi viloyatlarida zilzila sezilgani, 1 yanvar kuni Toşkent şahrida 3 ballik zilzila qayd etilgani, 22 yanvarda Qirğizistonda sodir bölgan zilzila kuçi Farğona va Andijon viloyatlarida sezilgani, 26 dekabr kuni esa Özbekistonning aksariyat şaharlari böylab davomli yerosti silkinişlari yuz bergani maʼlum qilingan edi.

×