Şavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi jonli efirda uzatiladi

Şavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi jonli efirda uzatiladi

Özbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasi – mamlakatimiz siyosiy hayotidagi eng muhim voqea. 2017 yildan buyon anʼanaga aylangan bu tadbirda tugayotgan yildagi asosiy körsatkiçlar, yangi yilga möljallangan maqsad va vazifalar eʼlon qilinadi. Şu bois xalqimiz uni katta qiziqiş bilan kutadi.  

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning bu galgi Murojaatnomasi 29 dekabr kuni soat 11:00 da boşlanadi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati xabar bermoqda.

Unda joriy yilda erişilgan natijalar, “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantiriş yili” Davlat dasturi doirasida bajarilgan işlar aytib ötiladi. Kelgusi yilga nom berilib, mamlakatimizni yanada rivojlantirişga qaratilgan eng muhim vazifalar, içki va taşqi siyosatga doir ustuvor yönalişlar belgilanadi.

Davlatimiz rahbari bu gal ham köplab takliflarni bildirişi kutilmoqda.

Uşbu nufuzli anjuman poxtamizdagi Xalqaro kongress markazida bölib ötadi. Unda Oliy Majlis Senati aʼzolari va Qonunçilik palatasi deputatlari, davlat taşkilotlari rahbarlari, jamoatçilik vakillari iştirok etadi.

Murojaatnoma 15 ta telekanalda jonli efirda, Özbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida onlayn yoritib boriladi.

×