Yolğon axborot tarqatganlik uçun “otning kallasidek” jarima belgilandi

Yolğon axborot tarqatganlik uçun “otning kallasidek” jarima belgilandi

Özbekiston Respublikasining ayrim kodekslariga özgartiş va qöşimçalar kiritişni nazarda tutuvçi qonun Prezident tomonidan imzolandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Qonun bilan Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga kiritilgan qöşimçaga köra şaxsning qadr-qimmati kamsitilişiga yoki uning obrösizlantirilişiga olib keladigan yolğon axborotni tarqatiş, şu jumladan ommaviy axborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internet tarmoğida tarqatiş BHMning 50 baravari (11 mln 150 ming söm) miqdorda jarima solişga sabab böladi.

Agar tarqatilgan yolğon axborot jamoat tartibiga yoki xavfsizligiga tahdid solsa, uni tarqatgan şaxs BHMning 100 baravarigaça (22 mln 300 ming söm) jarimaga tortilişi mumkin.

Jinoyat kodeksiga kiritilgan qöşimçaga köra, yolğon axborot tarqatganlik uçun maʼmuriy javobgarlikka tortilgan şaxs uşbu huquqbuzarlikka takroran yöl qöysa, BHMning 400 baravarigaça (89 mln 200 ming söm) miqdorda jarimaga tortilişi yoki uç yilgaça ozodlikni çeklaş jazosi bilan jazolanişi mumkin.

×