Namanganlik taniqli şoira Dilbar Haydarova (Dilbar BONU)ning «Man Sarqliyam» (Men şarqlikman) kitobi Ozarbayjonda tarjima qilinib, bosmadan çiqdi.
Dilbar Haydarovaning 1980 yilda naşr etilgan «Norin mavjlari» nomli ilk kitobiga akademik Vohid Zohidovning «Dilbar şoira» sarlavhali maqolasi çop etilgan edi. Saksoninçi yillar şeʼriyatiga kirib kelgan Şarifa Salimova, Muhtarama Uluğova, Xosiyat Bobomurodova, Qutlibeka Rahimboyevalarning safdoşi hisoblangan şoira, ulardan farqli ölaroq, tarjimon sifatida ham oldinlab ketdi. Uning rus, çex, bolgar, belorus, tatar, ozar, qozoq, qirğiz, qoraqalpoq singari turfa tillardan tarjimalari köp.
Ayniqsa, ozarbayjonlik akademik şoir Baxtiyor Vahobzodaning «Bir olmaning ikki yuzi - bir sensan, biri men» şeʼri Özbekiston xalq artisti Ortiq Otajonov ijrosida maşhurdir.
Asarlari turli tillarga ögirilgan. Rossiya, Hindiston, Amerika, Qozoğistonda kitoblari çiqqan. Xalqaro döstlik aloqalari yangi kayfiyatda rivojlanayotgan sönggi tört yil içida şoira-tarjimonning ijodiy işlari salmoqli böldi. Ozarbayjon matbuotida, antologiyalarida şeʼrlari, publitsistik maqolalari çop etildi. U Ganjaviy, Fuzuliy, Marvarid Dilbozi, Nigorxonim, Notavon singari mumtoz şoiralarni, Baxtiyor Vahobzoda, Nusrat Kasamanli, Ramiz Ravşan, Mikail Muşfiq singari qator xalq şoirlarining ijodini özbekçalaştirdi. Hozirgi ozar adabiyoti vakillaridan Farida Leman, Ayoz Arabaçi, Ilğor Turk öğli, Sulaymon Abdulla, Maʼruf Sulton, Tabriza Pinhonlarning asarlari bilan özbek kitobxonlarini taniştirdi.
2017 yilda ozar şoirlarining «Oşiq pari injalari», «Ayol va bulbul», «Kelib köring Astarani» nomli töplamlarini ona tilimizga ögirib, taqdimotini Bakuda ötkazib qaytgandi. «2019 yil faol jurnalisti» bölib, Ozarbayjon elçixonasi va Haydar Aliyev fondi tomonidan mukofotlangan.
- Yaqinda Töraqörğon tumanidagi Ishoqxon Ibrat maktabida Ozarbayjonda çop etilgan «Men şarqlikman» kitobim taqdimoti ötkazildi. Şu bilim maskaniga kelsam, dilim yorişib, böyim ösganday tuyulaveradi, - deydi şoirai davron Dilbar Haydarova. - Fursatdan foydalanib, olis Ozarbayjonning Baku, Ganja, Ismailli şaharlarida turib, şeʼrlarimni ozar tilida sayratgan qardoş şoir döstlarim Şoxmemed Toğlar öğli va Sulaymon Abdullaga, sözboşi muallifi Ilğor Turk öğliga, noşir va şoira dugonam Nasiba Ilkinga, şoira, professor dugonam Farida Lemanga, Gulli Eldor qiziga va barça döstlarimga alohida taşakkurimni izhor qilaman.
Bir-biriga hamohang adabiyotlar gullab-yaşnasin, Özbekiston-Ozarbayjon döstligi mustahkam va abadiy bölsin!
Orifjon JÖRAYEV,
«Yangi Özbekiston» muxbiri.











