«Whistle Out» tadqiqotlar kompaniyasi smartfondan foydalanuvçi minglab insonlar örtasida sörov ötkazdi. Tadqiqot inson öz umrining (örtaça) 9 yilini smartfonga sarflaşini körsatdi.
Tadqiqotçilarga köra, örtaça hisoblaganda, bir odam umrining taxminan 76 500 soatini smartfonga tikilib ötkazadi. Bu körsatkiçni çiqariş uçun mutaxassislar insonning örtaça umr köriş yoşi, neça yoşdan smartfondan foydalana boşlaşi, telefonni kun davomida qança vaqt işlatişi kabi maʼlumotlarni hisobga olişdi. Masalan, millineallar bir sutkada 3,7 soatni smartfonga ajratişadi.
Aynan millineallar — 1981—1996 yillar oraliğida tuğilgan insonlar smartfonga eng köp vaqtini sarflovçilar. Keyingi örinda X avlod (1965—1980 yillar) vakillari — bir sutkada 3 soat. Eng past körsatkiç, albatta, bumerlarda (1946—1964 yillar) — 2,5 soat.
Mutaxassislarga köra, uyquni hisobga olmaganda, milleniallar umrlarining 23,1 foizini, X avlod 16,5 foizini, bumerlar esa 9,9 foizini smartfonga baxşida etişadi.









