Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi ommaviy axborot vositalarida yöl qöyilayotgan qonunbuzarlik holatlari yuzasidan rasmiy axborot berdi. Şuningdek, agentlik OAVni öz faoliyatida tegişli talablarga qatʼiy rioya etmasligi endilikda ularga nisbatan qonunçilikda belgilangan jazo çoralari qöllanişiga sabab bölişi haqida ogohlantirdi.
“Özbekiston keyingi yillarda oçiqlik va oşkoralik siyosati yölidan dadillik bilan boryapti. Bugun davlat organlari, barça darajadagi taşkilotlar faoliyatida şaffoflik eng muhim mezon sifatida baholanmoqda. Öz navbatida, axborot sohasida davlat siyosatini işlab çiqiş va amalga oşiriş uçun masʼul organ sifatida Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi ham zimmasidagi vazifalarni bajarib kelmoqda.
Albatta, har qanday jamiyatda oçiqlik va söz erkinligini taʼminlaş jarayonida muammolar bölişi tabiiy. Jahon amaliyotida biror bir axborot vositasi qonunbuzarlik sodir etsa, uning faoliyatini sudga oşiriş, turli jarimalar va hattoki faoliyatini töxtatib turişgaça bölgan çoralar qöllanişi kuzatiladi. Bugungi şaroitda AOKA endigina oyoqqa turayotgan mustaqil OAVni har jihatdan qöllab-quvvatlaş maqsadida ular yöl qöygan qonunbuzarlik holatlari yuzasidan rasmiy ogohlantiriş bilan çeklanmoqda va öz vakolatidagi boşqa çoralarni hozirça qöllamay kelmoqda”, deyiladi agentlik bayonotida.
AOKA rasmiy maqomga ega 1 ming 777 ta axborot subʼektiga nisbatan qonun barçaga barobarligi tamoyili asosida yondaşayotganini OAVda qonunga zid holatlarni bartaraf etişga doir ogohlantirişlar kesimida ham yaqqol köriş mumkinligi taʼkidlangan. Jumladan, 2019 yilda jami 150 ta – şundan tele-radio kanallarga 75 ta, davriy bosma naşrlarga 65 ta, internet saytlarga 10 ta taqdimnoma va ogohlantiriş yuborilgan.
2020 yilning ötgan 9 oyida jami 90 ta – şundan televideniye va radioga 39 ta, davriy bosma naşrlarga 29 ta, Internet naşrlariga 22 ta taqdimnoma kiritilgan.
“Pandemiya şaroitida biznes-subʼektlarini tekşirib jazoga tortiş böyiça joriy etilgan moratoriyni, şu jumladan axborot olişda va uni tekşirişda yuzaga kelgan ayrim qiyinçiliklarni inobatga olgan holda, Agentlik ayrim OAVda turli feyk va tekşirilmagan yoki qonunga xilof maʼlumotlar eʼlon qilingani holda, ularga asosan oğzaki ogohlantiriş beriş bilan çeklandi. Alohida taʼkidlaş lozimki, şu kungaça ogohlantiriş xatlari yuborilişi natijasida birorta axborot subʼekti maʼmuriy, moliyaviy yoki jinoiy jazoga tortilmagan. Biroq uşbu vaqtinçalik yondaşuv qonunbuzarlarga umuman çora körilmasligini anglatmaydi. AOKA axborot subʼektlarining bundan xulosa çiqarmasligi va öz faoliyatida tegişli talablarga qatʼiy rioya etmasligi endilikda ularga nisbatan qonunçilikda belgilangan jazo çoralari qöllanişiga sabab bölişi haqida ogohlantiradi”, deyiladi bayonotda.
Qöşimça qilinişiça, AOKA ommaviy axborot vositalarini qonunbuzarlik oqibatlaridan ogohlantiriş bilan bir qatorda, huquqlari buzilgan jurnalistlarni himoya qiliş masalasiga ham öz vakolati doirasida jiddiy eʼtibor qaratyapti.
Xususan, şu yilning özida ön nafarga yaqin jurnalist va blogerga nisbatan qarşilik körsatiş, axborot tarqatganlik uçun asossiz söroqqa tutiş kabi holatlar yuzasidan Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi, Içki işlar vazirligi, Oliy sud va Farğona viloyati hokimligiga jurnalistik faoliyatga tösqinlik qilişni zudlik bilan töxtatiş, aybdorlarni belgilangan tartibda jazolaş, bunday holatlar takrorlanişiga boşqa yöl qöymaslik töğrisida yozma talabnoma va murojaatlar yuborilgan.









