Avvalroq Qirğiziston Prezidenti Sooronbay Jeyenbekov isteʼfoga çiqqani haqida xabar bergandik.
Sönggi maʼlumotlarga köra, mamlakatdagi namoyişlar davlat rahbarining isteʼfosi bilan yakuniga yetgani yöq. Endilikda fuqarolar spiker Kanat Isayevning lavozimni böşatişini hamda parlamentni tarqatib yuborişni talab qilmoqdalar.
Qonunga köra, prezident isteʼfoga çiqsa, davlat boşqaruvi spiker qöliga ötişi lozim. Agarda spiker bölmasa, uşbu vazifa boş vazir – Sadir Japarov zimmasiga yuklatiladi.









