Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil
2 sentyabr kungi “Kadastr sohasida ayrim davlat xizmatlari körsatişning maʼmuriy reglamentlarini tasdiqlaş töğrisida”gi
535-sonli Qarori bilan “Köçmas mulk obʼektiga kadastr pasportini beriş böyiça davlat xizmatlari körsatişning” maʼmuriy reglamenti tasdiqlandi.
Unga muvofiq köçmas mulk obʼektiga kadastr pasportini beriş böyiça davlat xizmatlari körsatiş tartibini belgilandi.
Mazkur reglamentga köra yuridik va jismoniy şaxslar tomonidan endi Kadastr pasportini oliş hamda belgilangan tartibda köçmas mulkni davlat röyxatidan ötkaziş uçun ariza beruvçining ixtiyoriga köra bir vaqtda yoki alohida murojaat qilişlari mumkin.
Belgilangan tartibda kelişilgan loyiha hujjatlariga köra obʼektning qurilişi (rekonstruktsiyasi) tugallangan taqdirda, bitta sörovnomaga asosan kadastr pasporti, obʼektni foydalanişga qabul qiliş dalolatnomasi, köçmas mulk davlat röyxatidan ötkazilganligi töğrisidagi reyestrdan köçirma bir vaqtda beriladi.
Köçmas mulk obʼektiga bölgan mulk huquqi yoki boşqa aşyoviy huquqlar vujudga kelganda, boşqa şaxsga ötganda, bekor bölganda yoki köçmas mulk obʼektining huquqiy holati özgarganligini tasdiqlaş yoki qurilişi (rekonstruktsiyasi) tugallangan bino va inşootlarni foydalanişga qabul qiliş böyiça murojaat qilinganda, ariza beruvçining ixtiyoriga köra qoğoz yoki plastik şakldagi kadastr pasporti beriladi.
Bundan taşqari uşbu reglament bilan Kadastr pasportini tayyorlaşda obʼektning murakkabligiga qarab quyidagi muddatlarda amalga oşirilişi belgilab qöyildi:
a) köçmas mulk obʼektlarining turar joyga oid qismi böyiça:
köp kvartirali uydagi kvartira — 3 iş kunigaça;
yakka tartibdagi turar joy — 5 iş kunigaça;
b) köçmas mulk obʼektlarining noturar joyga oid qismi böyiça:
umumiy maydoni 100 kv.m. gaça — 5 iş kunigaça;
umumiy maydoni 100 kv.m dan 1 000 kv.m. gaça — 7 iş kunigaça;
umumiy maydoni 1 000 kv.m dan 5 000 kv.m. gaça — 10 iş kunigaça;
umumiy maydoni 5 000 kv.m dan 15 000 kv.m. gaça — 15 iş kunigaça;
umumiy maydoni 15 000 kv.m dan 50 000 kv.m gaça — 20 iş kunigaça;
umumiy maydoni 50 000 kv.m dan ortiq — 25 iş kunigaça;
ajratilgan yer uçastkalari böyiça — 3 iş kunigaça.
Kadastr (yiğmajildi) pasporti yöqolganda (yaroqsiz holga kelganda), qoğoz yoki plastik şaklda yangi kadastr pasporti ikki iş kuni mobaynida beriladi.
Aziz vatandoşlar Davlat xizmatlari markazi hodimlari Siz azizlarga öz xizmatlarini qulay, tezkor va şaffoflikda taʼminlaşga bel boğlaganlar.
Biz Sizga xizmat körsatişdan mamnunmiz.
Dilnoza Zokirova
Namangan şahar Davlat xizmatlari
markazi boş mutaxassisi









