Töyib ovqatlanmaydiganlar uluşi reytingida Özbekiston maʼlumotlari ijobiy tomonga özgardi.
BMTning Oziq-ovqat va qişloq xöjaligi taşkiloti (FAO) tomonidan Özbekistonda “Töyib ovqatlanmaydiganlar uluşi” körsatkiçlari qayta körib çiqildi.
Davlat statistika qömitasining Kun.uz’ga xabar berişiça, bunga sabab 2019 yilning 10-12 dekabr kunlari Toşkent şahrida FAO ekspertlari bilan ötkazilgan seminarda Statistika qömitasi mutaxassislari Özbekistonning körsatkiçlari böyiça eʼtiroz bildirib, FAO eksperti Dorian Kalamveros Navarro bilan bahs-munozara olib borgandi.
Natijada, FAO mutaxassislari Davlat statistika qömitasi vakillarining keltirgan aniq isbot-dalillariga köra, Özbekistonning “Töyib ovqatlanmaydiganlar uluşi” körsatkiçini 2014 yildan boşlab, New Food Balance Sheet asosida qayta körib çiqdi. Qayta hisoblaş natijasida körsatkiçlar 2016-2018 yillar uçun 2,8 foiz (0,9 mln. kişi) va 2017-2019 yillar uçun 2,6 foiz (0,8 mln. kişi)ni taşkil etdi.
Bu maʼlumotlar 2020 yilning 13 iyul kuni bölib ötgan “Jahondagi oziq-ovqat xavfsizligi va ovqatlaniş holati 2020” (SOFI – 2020) hisoboti onlayn yiğilişida hamda FAO rasmiy sayti orqali eʼlon qilindi.
FAO ekspertlari 2019 yilgi (SOFI – 2019) yiğilişida Özbekistonning 2016-2018 yillarda töyib ovqatlanmaydiganlar uluşi körsatkiçlarini 6,3 foiz (2,0 mln. kişi) deb eʼlon qilgan edi. Bu körsatkiç bilan Özbekiston Markaziy Osiyoda Qozoğiston (2,1 foiz) va Turkmaniston (5,4 foiz)dan keyin uçinçi örinni egallagan.









