"Öztemiryölnazorat" Davlat inspektsiyasi boşliği Bahodir Yusupov 75 yoşida vafot etdi. Bu haqda "Özbekiston temir yöllari" AJ xabar bermoqda.
Bahodir Yusupov 1945 yil 22 iyunda tavallud topgan. 1968 yilda Toşkent temir yöl muhandislari institutini tamomlagan.
U ilk mehnat faoliyatini Örta Osiyo temir yöli Toşkent teplovoz zavodining oddiy işçisi sifatida boşlab, özining tirişqoqligi, mehnatsevarligi va talabçanligi bois tizim tasarrufidagi qator korxona va taşkilotlarda turli lavozimlardan, şu jumladan, muovin va keyinçalik rahbarlik lavozimlarida mehnat qilgan.
Şuningdek, mustaqillik yillarida Özbekiston temir yöllari boşqarmasida boşqaruv raisining örinbosari, söng birinçi örinbosari-boş muhandis lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Bahodir Yusupov "Mustaqillik", "Özbekiston Respublikasi Mustaqilligining 10 yilligi" esdalik nişonlari, "Faxriy temiryölçi" belgisi hamda Qoraqalpoğiston Respublikasida xizmat körsatgan transport xodimi" faxriy unvonlariga sazovor bölgan.
Xabarda Bahodir Yusupovning vafoti sabablari aytilmagan.









