Andijon viloyatida koronavirusni davolaş uçun 3 oylik dori-darmon zaxirasi tayyorlandi. Bu haqda viloyat hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Xokimlik xabariga köra, viloyatda koronavirusga çalingan bemorlarga byudjet tomonidan jami 64 turdagi dori vositalari va bir marotabalik tibbiy buyumlar, tiş çötkalari, tiş pastalari, şuningdek, bir martalik piyola-stakanlar, qoşiqlar va idişlar berilmoqda.
Şuningde, mahalliy byudjet hisobidan davolaş uçun 9 mlrd söm qiymatdagi uç oylik dori-darmon zaxirasi, 10 ming dona test tayyorlab qöyilgan.
Sentyabr oyining birinçi xaftaligida karantin talablariga yana yengillik berildi. Bu vaqt oraliğida virus yuqiş xavfi ham ortib bordi. 9-10 sentyabr kunlari mamlakatda virusning kunlik yuqiş soni 500 dan 700 gaça kötarilgan. Soğliqni saqlaş vazirligi aholiga karantin qoidalariga rioya qilişlarini sörab bir neça marotaba murojaat qildi.
Sönggi maʼlumotlarga köra, Andijonda koronavirusga çalinganlar 1 287 nafarni taşkil etmoqda. Ularning 1 214 nafari yoki 94 foizi soğaygan. Viloyatda uşbu kasallikdan vafot etganlar 2 nafarligini qayd etilgan.









