Odil Ahmedov yangi jamoada töp suradi

Odil Ahmedov yangi jamoada töp suradi

Odil Ahmedov özining jamoasini özgartirdi. Bu haqda Goal.com naşrida futbolçining jamoasiga oid maʼlumotlarda maʼlum bölgan.

Qay etilişiça, Odil Ahmedov "Şanxay SIPG"dan "Tyanszin Teda" klubiga ötgan. Endilikda unga “Real”ning sobiq futbolçisi murabbiylik qiladi. 

Odil Ahmedov "Şanxay SIPG"da 2017 yildan buyon öynayotgan edi. Özbekistonlik öyinçi joriy mavsum Xitoy Superligasi doirasidagi 8ta öyinda maydonga tuşib, 1ta gol va 1ta assist qayd etgan.

Odil Ahmedov Özbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 27 avgustdagi farmoni bilan “Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan sportçi” faxriy unvoni bilan bilan taqdirlandi.

Maʼlumot örnida, Odil Ahmedov 1987 yilning 25 noyabr kuni Namangan viloyatida tavallud topgan. 2000 yilning boşida  “Navbahor” va Toşkentning “Lokomotiv” futbol klublari akademiyasida tahsil olgan.  Keyinroq Toşkentning “Paxtakor” klubi örinbosarlar tarkibida öynaşni boşlagan.

2006 yilda rossiyalik taniqli futbol mutaxassisi — Valeriy Kuzmiç Nepomnyaşiy “Paxtakor” boş murabbiyi etib tayinlanadi. Aynan Valeriy Nepomnyaşiy Odil Ahmedovning örinbosarlar jamoasidagi öyinini kuzatib, uni “Paxtakor” boş jamoasiga jalb qiladi va şu bilan Ahmedovning “Paxtakor”dagi faoliyati boşlanadi. Uning “Paxtakor” safidagi ilk debyut öyini öşa yilning 16 may kuni Ahmedov 18 yoşdaligida, safarda zarafşonning “Qizilqum” jamoasiga qarşi çempionat öyini böldi. “Paxtakor” safidagi ilk mavsumidayoq U Özbekiston çempionligini va Özbekiston Kubogini qölga kiritadi. 

2007 yilgi mavsumda Ahmedov “Paxtakor” bilan yana Özbekiston çempionligini, Özbekiston Kubogini va sobiq SSSR tarkibiga kirgan davlatlar, hozir esa MDHga aʼzo davlatlar iştirok etadigan Hamdöstlik Çempionlari Kubogini qölga kiritadi. Öşa mavsumda, “Paxtakor” Hamdöstlik Çempionlari Kubogi finalida Latviyaning “Ventspils” klubini penaltilar seriyasida 9:8 hisobida mağlubiyatga uçratib, kubokga ega çiqqan edi. 

2008 yilgi mavsumda Odil Ahmedov “Paxtakor” bilan Oliy Ligada ikkinçi, Özbekiston Kubogi va Hamdöstlik Çempionlari Kubogi finaligaça yetib keladi va har ikki finalda imkoniyatni boy berib, kumuş medallarni qölga kiritadi. Öşanda “Paxtakor” Özbekiston Kubogida “Bunyodkor”ga, Hamdöstlik Çempionlari Kubogi finalida esa Ozarbayjonning “Hazar-Lenkoran” klubiga 4:3 hisobida yutqazgan edi.

U 2009, 2011, 2014 yillarda Özbekistonda yilning eng yaxşi futbolçisi, 2011 yilda “Anji” futbol klubida yilning eng yaxşi futbolçisi, 2014/2015 yilda “Krasnnodar” futbol klubida mavsumning eng yaxşi futbolçisi bölgan.

×