Bismillahir Rohmanir Rohiym. Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bölsin. Payğambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bölsin.
Alloh taolo Qurʼoni Karimda şunday marhamat qiladi:
«Albatta, Biz senga Kavsarni berdik. Bas, Robbingga namoz öqi va jonliq söy», degan («Kavsar» surasi, 1-2-oyatlar).
«Kavsar»ni tafsirçilarimiz «köp yaxşilik» deb aytişlari, bu esa Payğambarlik, Qurʼon, hikmat, ummatning köpligi, şafoat va Payğambarimizga berilgan boşqa son-sanoqsiz yaxşiliklardan iboratligi va boşqalar töğrisida köp va xöb yozganlar.
«Bas, Robbingga namoz öqi va jonliq söy».
Kavsarni bergan Allohga har qança şukr qilinsa, şunça oz. Xolis Allohning Özi uçun ibodat qilib, namoz öqiş, faqat Xudoning yölida jonliq söyib, beva-beçoralarni töydiriş şukrning bir körinişidir.
Ulamo ahllarimiz «Uşbu oyati karimadagi «namoz»dan murod iydi qurbon namozi, «jonliq»dan murod qurbonlikka söyiladigan hayvon», deganlar.
عَنْ مِخْنَفِ بْنِ سُلَيْمٍ رَضِيَ اللهُ عَنْهُ قَالَ: كُنَّا وُقُوفاً مَعَ النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم بِعَرَفَاتٍ فَسَمِعْتُهُ يَقُولُ: يَا أَيُّهَا النَّاسُ، عَلَى كُلِّ أَهْلِ بَيْتٍ فِي كُلِّ عَامٍ أُضْحِيَّةٌ وَعَتِيرَةٌ، هَلْ تَدْرُونَ مَا الْعَتِيرَةُ؟ هِيَ الَّتِي تُسَمُّونَهَا الرَّجَبِيَّةَ. رَوَاهُ أَصْحَابُ السُّنَنِ.
Mixnaf ibn Sulaym roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi.
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam bilan Arafotda turgan edik. Men u zotning:
«Ey odamlar! Har bir uy ahliga har yili bir qurbonlik va atiyra lozimdir. Atiyra nimaligini bilasizlarmi? U sizlar rajabiya deb ataydigan narsadir», deganlarini eşitdim».
«Sunan» egalari rivoyat qilganlar.
Şarh: Uşbu hadisi şarifda zikr qilingan «atiyra» haqida ötgan faslda batafsil söz yuritildi. Rajab oyida johiliyat işlarini aralaştirmay söyiş söyib, özi yeb, kambağallarga ham bersa, heçqisi yöqligi bayon qilindi.
«Kavsar» surasining yuqorida kelgan oyati va uşbu hadis Hanafiy mazhabi ulamolarining «Hur, muqim, boy musulmon odamga qurbonlik qiliş vojibdir», degan gaplariga hujjatdir.
Şuningdek, Payğambar sollallohu alayhi vasallam özlarining boşqa hadislarida:
«Qurbonlik qilinglar! Çunki u otangiz Ibrohimning sunnatidir», deganlar.
Imom Ahmad ibn Hanbal, Ibn Moja va al-Hokimlar rivoyat qilgan hadisda esa:
«Kim imkonga ega bölib turib, qurbonlik qilmagan bölsa, zinhor namozgohimizga yaqinlaşmasin», deyilgan.
Boşqalar qurbonlik qilişni sunnati muakkada, deganlar. Ularning ham özlariga yaraşa dalillari bor.
عَنْ جَابِرٍ رَضِيَ اللهُ عَنْهُ قَالَ: شَهِدْتُ مَعَ النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم الْأَضْحَى فِي الْمُصَلَّى، فَلَمَّا قَضَى خُطْبَتَهُ نَزَلَ عَنْ مِنْبَرِهِ وَأُتِيَ بِكَبْشٍ فَذَبَحَهُ بِيَدِهِ وَقَالَ: بِسْمِ اللهِ وَاللهُ أَكْبَرُ، هَذَا عَنِّي وَعَمَّنْ لَمْ يُضَحِّ مِنْ أُمَّتِي. رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَالتِّرْمِذِيُّ.
Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi.
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam bilan namozgohda Qurbon namoziga qatnaşdim. U zot xutbalarini tugatib, minbarlaridan tuşganlarida bir qöçqor ketirildi. Bas, u zot uni öz qöllari bilan söydilar va:
«Bismillah va Allohu Akbar! Bu mendan va mening qurbonlik qilmagan ummatimdan», dedilar».
Abu Dovud va Termiziy rivoyat qilganlar.
Şarh:Uşbu hadisi şarifdan olinadigan foydalar:
1. Payğambar sollallohu alayhi vasallam qurbon hayiti namozini masjidda emas, namozgohda öqiganlari.
2. Iyd namozidan keyin xutba qilinişi.
3. Iyd namozi xutbasi minbarda qilinişi.
4. Payğambar sollallohu alayhi vasallam qurbonlikka qöçqor söyganlari.
5. Qurbonlikni egasi öz qöli bilan söysa, afzalligi.
6. Qurbonlikni söyişda «Bismillah va Allohu akbar!» deyiş kerakligi.
7. Söyuvçi ilmli kişi bölsa, qurbonlikni söyiş paytida kimdan ekanligini aytiş mumkinligi.
8. Payğambar sollallohu alayhi vasallamning qurbonlik qilmagan ummatlari nomidan qurbonlik qilganlari.
«Hadis va hayot» kitobi asosida tayyorlandi









