Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi «jarima» tölamaydimi?

Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi «jarima» tölamaydimi?

Agar fuqaroga YHXB xodimi tomonidan jarima qöllansa va bu jarimaning noqonuniy ekani aniqlansa, uni qaytarib olişning imkoni bormi? Albatta bor, ammo Samarqand viloyatining Oqdaryo tumanida yaşovçi, fuqaro Normurod Jörayevning murojaati, uning boşdan keçirganlari buning aksini körsatmoqda. N.Jörayev sudda yutib çiqib ham özi körgan zararni hali qaytara olgan emas.

Işoniş qiyin, biroq YHXB xodimining xatosi bilan nohaq jarimaga tortilgan N.Jörayevning öz huquqlarini tiklaş uçun harakat boşlaganiga ikki yildan oşgani bor gap.

Voqea tarixi aslida 2018 yil 17 may kunidan boşlanadi. Öşa kuni u boşqarib kelayotgan «Matiz» rusumli avtomaşinani Oqdaryo tumani Loyiş şaharçasiga kirişda viloyat IIB yöl harakati boşqarmasi xodimi töxtatadi.

U haydovçiga «Yöl harakati qoidasi»ning 194 va 56-bandlarida körsatilgan talablarni buzib, sidirğa çiziği ustida harakatlangani uçun maʼmuriy bayonnoma rasmiylaştiradi. Oqdaryo tumani IIB YHXB unga nisbatan MJtK 128-moddasiga asosan 86 ming 120 söm maʼmuriy jarima soliş töğrisida qaror çiqargan.

Şunga asosan haydovçi jarima tölaşga majbur böladi. N.Jörayev bu holatdan norozi bölib, Oqdaryo tumani maʼmuriy sudiga ariza bilan murojaat qiladi. Sud qarorida YHXB inspektori tomonidan haydovçiga asossiz ravişda jarima qöllangan deb topilib, fuqaroning şikoyati töliq qanoatlantiriladi va şu bilan yuqorida keltirilgan jarima tayinlaş haqidagi qarori bekor qilinadi.

Umuman, mazkur iş boşidanoq N.Jörayev unga tuzilgan maʼmuriy bayonnoma yuzasidan öz huquqlarini talab qilib keladi. U tegişli maʼmuriy bayonnomaga eʼtirozlarini yozmoqçi bölgan, biroq unga bunday imkoniyat berilmagan.

Ammo sud qaroridan keyin ham baribir jarima qaytarilmagaç, N.Jörayev IIB YHXB rahbariyati va boşqarma xodimining noqonuniy xatti-harakatlari natijasida u haqiqat izlab idorama-idora yugurişga majbur bölganligi, fuqarolik haq-huquqlarini oyoq osti qilişlari oqibatida juda katta maʼnaviy zarar yetgani, asablari surunkali ravişda buzilib, soğliğini yöqotgani uçun fuqarolik sudiga daʼvo ariza kiritib, moddiy va maʼnaviy zararni undirişni söraydi.

2019 yil 21 oktyabrda fuqarolik işlari böyiça Samarqand şahar sudida bölib ötgan sud majlisida ham N.Jörayev haq bölib çiqadi. Sud javobgar — Samarqand viloyat IIB YHXB tomonidan fuqaro foydasiga 3 million söm maʼnaviy zarar, hamda oldindan tölangan 831 190 söm davlat bojini undiriş töğrisida hal qiluv qarori çiqaradi. Ammo bu bilan ham iş tugamaydi.

Navbatdagi sud 2020 yil 27 fevralda bölib ötadi. Fuqarolik işlari böyiça Samarqand viloyat sudining kassatsiya instantsiyasi ajrimida yuqoridagi sud qarori qisman özgartirilib, Normurod Jörayevga undirilişi lozim bölgan 3 million söm maʼnaviy zarar 1,5 million sömga kamaytiriladi. Davlat boji, boşqa xarajatlar bilan Normurod Jörayev foydasiga jami 2 210 500 söm undiriş töğrisida ajrim çiqariladi.  

Nihoyat, ana şu ajrim eʼlon qilinganiga ham tört oydan oşdi. Ammo hamon fuqaro bir inspektorning notöğri bayonnoma tuzgani oqibatida yetkazilgan zararni undira olmagan. Boşqaça aytganda, Samarqand viloyat IIB YHX boşqarmasi qilgan xatosi uçun «jarima»ni tölamagan.

Darvoqe, sud organlarining yuqoridagi qarorlari, fuqaroning öz haq-huquqi uçun kuraşi va yutib çiqqani viloyatdagi rasmiy ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilingan (haydovçining ismi şartli ravişda «Anvar» deb özgartirilgan holda) va blogerlar tomonidan eʼtirof etilib, olqişlangan ham edi.

Jumladan, huquqşunos bloger Xuşnud Xudoyberdiyev ayni holat yuzasidan quyidagi izohni qoldirgan:

«P.S.: Barakalla Anvar! Barakalla, odil sud. Mana şunaqa öz haqqini talab qiladigan fuqarolarimiz yordami bilan, öz kasbining «k» harfini ham bilmaydigan, qonun-qoidalarni tuşunmaydigan layoqatsiz xodimlarning esini kiritib qöyiş mumkin. Lekin eng asosiysi, fuqaroga tölanadigan maʼnaviy zarar davlat byudjetidan emas, regress tartibida öşa notöğri bayonnoma tuzgan xodimning çöntagidan qoplanişi kerak. Şunda yanada samarali böladi».

Albatta, fuqaroning öz-huquqlarini talab etişi eʼtirofga loyiq. Ammo köpçilik sudning yakuniy ajrimidan söng ham bugungaça fuqaro huquqi tiklanmay qolib ketganidan bexabar bölsa kerak.

Fuqaro Normurod Jörayev bizga murojaatini quyidagi savollar bilan  yakunlamoqda:

«Tasavvur qilib köring, agar xatoni haydovçi qilgan bölsa va u şunça vaqt davomida jarimani tölamagan bölsa qay ahvolga tuşardi? Nega haydovçi haqli ravişda jarimaga tortilsa, uni tezkor ravişda tölaşga majbur qiladigan mexanizmlar bor-u (masalan jarima maydonçasi uçun kunlik tölovning özi kun sayin oşib boradi) ammo YHX boşqarmasining özi istagança vaqt ötkazib tölamasdan kelişi mumkin?»

Normurod Jörayev agar YHXB xodimlari haydovçiga notöğri jarima qöllaşsa zararni undirişning imkoni faqat nazariy jihatdan borligi, amalda esa qiyin ekanini aytmoqda.

Sud hujjatlari ijrosi uçun masʼul bölgan Boş prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi «qarğa qarğaning közini çöqimaydi» degan naqldan yiroq bölgani holda öz vazifalarini Normurod Jörayevning huquq va manfaatlari yölida ham töla ado etadi, deb umid bildirib qolamiz.

×