Koronavirus sababli Xitoydagi yana bir şahar yopildi

Koronavirus sababli Xitoydagi yana bir şahar yopildi

Koronavirus tarqalişi xavfi sababli 27 yanvardan Guandun provintsiyasidagi Şantou şahriga kiriş taqiqlandi.

Maʼlum qilinişiça, Şantou şahriga avtomobil va suv transporti hamda piyodalarning kirişi taqiqlanadi. Şahardagi rayon va uyezdlarni boğlab turuvçi yöllar yopiladi.

Ayni vaqtda parklar, dökonlar, bozorlar va boşqa ijtimoiy obʼektlarga kirişda barçaning tana harorati ölçanmoqda. Ayrim joylarga himoya niqobisiz kiriş taqiqlangan.

Sönggi maʼlumotlarga köra, virusdan vafot etganlar soni 56 kişiga yetgan, koronavirusning yangi turidan kelib çiqqan pnevmoniya bilan kasallanganlar soni 1975 nafarni taşkil etmoqda.

×