DXX taşabbusi bilan 91 tonnadan ortiq neftning noqonuniy özlaştirilişining oldi olindi

DXX taşabbusi bilan 91 tonnadan ortiq neftning noqonuniy özlaştirilişining oldi olindi

DXX Qaşqadaryo viloyati boşqarmasi tomonidan ötkazilgan reyd natijasida neftning noqonuniy özlaştirilişi oldi olindi.

Maʼlum bölişiça, Muborak tumani hududida harakatlanayotgan Koson tumanida yaşovçi B.Norboyev boşqaruvidagi maxsus tsisternali “KAMAZ” rusumli avtomaşinada 29 tonna 560 litr neft mahsuloti borligi aniqlangan.

Şuningdek, tezkor tadbir davomida “Şirinbuloq” YPX maskanida töxtatilgan Buxoro viloyati Kogon tumanida yaşovçi X.Şirinov boşqaruvidagi maxsus tsisternali yuk avtomaşinasida 44 tonna 980 litr neft mahsuloti borligi ham maʼlum böldi.

Olib borilgan suriştiruv işlari natijasida fuqarolar Norboyev va Şirinov Qaşqadaryo viloyati Koson tumanida yaşovçi D.Umarov va Buxoro viloyati Buxoro tumanida yaşovçi I.Ubaydovlar bilan oldindan til biriktirgan holda uşbu neft mahsulotlarini Muborak tumanida joylaşgan “Örta buloq” koni hududidan ötgan quvurni yaşirinça teşib, qölbola moslama yordamida olganliklari aniqlandi.

Yana bir holatda esa Çiroqçi tumani “Umakay” YPX maskanida Qaşqadaryo viloyati Ğuzor tumanida yaşovçi Ş.Böriyev boşqaruvidagi “Kamaz” avtomaşinasi töxtatildi. Tekşiruv davomida Böriyev hamda uning şerigi V.Yöldoşev 16 tonna 647 litr neft mahsulotini heç qanday hujjatlarsiz olib ketayotganligi aniqlandi.

Ötkazilgan tadbirlar jarayonida jami 91 tonnadan ziyod neft mahsulotlarining noqonuniy özlaştirilişiga çek qöyildi.

×