Amerikalik milliarder Ilon Mask Ukraina harbiylari foydalanayotgan Starlink aloqa tizimi tezligini pasaytirişga buyruq bergan. Bu qaror Kiyevda sarosima, Donald Tramp maʼmuriyatida esa tuşunmovçilik keltirib çiqargan. Bu haqda AQŞ rasmiylari va vaziyatdan xabardor manbalarga tayanib, “The Wall Street Journal” xabar berdi.
Naşrga köra, Maskning bu qarori Ukraina Qurolli kuçlarining örta masofaga zarba berişga möljallangan dronlari va Rossiya raketalarini tutib qoluvçi dronlardan foydalaniş imkoniyatini çeklagan. Ukraina harbiylari uşbu uçuvçisiz apparatlarga oddiy Starlink’ga qaraganda yaxşiroq himoyalangan va yuqoriroq tezlikni taʼminlaydigan Starshield terminallarini örnatadi.
“The Wall Street Journal”ning qayd etişiça, bu voqea Maskning uruş borişiga taʼsir körsatiş imkoniyati qançalik katta ekanini namoyon qilgan.
“U bir tugmani bosiş orqali halokatli mojaro yönalişini özgartirişi mumkin”, deb yozgan naşr.
Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning aloqa xizmatlari çeklovlarsiz tiklanmasa, ukrainaliklar halok bölişi mumkinligi haqidagi bayonoti Tramp maʼmuriyatida tuşunmovçilik keltirib çiqargan va Oq uyni vaziyat yuzasidan norasmiy tekşiruv boşlaşga undagan.
Gazeta manbalaridan ikki nafari aytişiça, Starlink tezligi çeklangani haqidagi maʼlumotlar ommaga oşkor bölganidan köp ötmay, Mask va Tramp telefon orqali vaziyatni muhokama qilgan. Manbalardan biri ular çeklov joriy etilişidan oldin ham bu masalada gaplaşganini aytgan.
Ayrim amerikalik rasmiylar Mask mustaqil harakat qilgani va Tramp Ukrainaga qarşi muayyan çoralar körişni buyurmaganini bildirgan. Biroq vaziyatdan xabardor boşqa bir manbaning aytişiça, Mask Starshield tezligini pasaytirişdan oldin Trampni ham qöşib hisoblaganda, maʼmuriyatning bir neçta yuqori lavozimli vakili bilan suhbatlaşgan.
Ukraina Qurolli kuçlari oddiy Starlink uskunalaridan keng foydalanadi. Ularda tezlik böyiça çeklovlar avvaldan mavjud. Biroq ayrim harbiy bölinmalar hujum amaliyotlarida foydalaniş imkoniyatlari kengroq va çeklovlari kamroq bölgan Starshield tizimidan ham foydalana boşlagan.
Maʼlumot uçun, Starshield AQŞ Milliy razvedka boşqarmasining moliyaviy iştiroki bilan yaratilgan. SpaceX uni milliy xavfsizlik maqsadlari uçun maxsus işlab çiqilgan, davlat buyurtmaçilariga möljallangan himoyalangan aloqa tizimi deb taʼriflaydi.
Ukrainaliklar joriy yilning 14 oktyabridan boşlab Starshield terminallari örnatilgan dronlar soatiga 160 kilometr, ayrim hollarda esa 60–80 kilometr tezlikdan oşganda aloqa uzilişi yoki uzilişlar kuzatilayotgani haqida xabar bera boşlagan.
Bu maʼlumotlar tarqalganidan bir neça soat ötib, Mask X ijtimoiy tarmoğida Starshield AQŞ hukumatiga tegişli ekani va uning nazorati ostida işlaşini yozgan. Uning taʼkidlaşiça, tizim tezligi yoki undan foydalanişga oid çeklovlar böyiça qarorlarni AQŞ Qurolli kuçlari va yakuniy bosqiçda mamlakat prezidenti qabul qiladi.
Joriy yilning 19 oktyabr kuni Tramp jurnalistlarga Starlink tezligining pasaytirilişi uçun kim javobgar ekanini bilmasligini aytgan. “Lekin buni aniqlaştirmoqçiman”, deb qöşimça qilgan u.
Tramp va Mask Ukraina uruşni tugata oladigan yangi prezidentga muhtojligi haqida bayonot berganidan keyin Kiyevda Starshield imkoniyatlarini ulardan biri çeklagan bölişi mumkin, degan şubha paydo bölgan.
Zelenskiyning bayonotlari ortidan masala mojaro tusini olgaç, SpaceX vakillari Oq uy bilan boğlangan. WSJ manbasiga köra, ular kompaniya va Tramp maʼmuriyati çeklov joriy etilişidan oldin harakatlarini muvofiqlaştirgani haqida qöşma bayonot tayyorlaşga uringan.
Mask avval ham Ukraina Qurolli kuçlarining öz aloqa tizimidan foydalanişini çeklagan. 2022 yilda u Ukraina harbiylarining Qrimga zarba beriş rejasini amalga oşirişiga yöl qöymaslik uçun Starlink xizmatini çeklagan. Tadbirkor keyinçalik bu qarorni Rossiya javoban yadroviy qurol qöllaşi mumkinligidan qörqqani bilan izohlagan.









