Özgidromet ertaga, 12 oktyabr kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini eʼlon qildi.
Unga köra, Toşkent şahrida havo özgaruvçan böladi, vaqti-vaqti bilan yomğir yoğadi. Şamol ğarbdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat keçasi 13-15 daraja, kunduzi 19-21 daraja böladi.
Qoraqalpoğiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo özgaruvçan böladi, yoğingarçilik kutilmaydi. Şamol şarqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat keçasi 8-13 daraja, kunduzi 21-26 daraja böladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo özgaruvçan böladi, baʼzi joylarda yomğir yoğadi. Ğarbiy şamol yönalişini özgartirib, şarqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat keçasi 10-15 daraja, kunduzi 18-23 daraja böladi.
Toşkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo özgaruvçan böladi, baʼzi joylarda biroz yomğir yoğadi. Ğarbiy şamol yönalişini özgartirib, şarqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat keçasi 10-15 daraja, kunduzi 18-23 daraja böladi.
Qaşqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo özgaruvçan böladi, baʼzi joylarda yomğir yoğadi. Ğarbiy şamol yönalişini özgartirib, şarqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat keçasi 12-17 daraja, kunduzi 23-28 daraja böladi.
Andijon, Namangan va Farğona viloyatlarida havo özgaruvçan böladi, baʼzi joylarda yomğir yoğadi. Şamol şarqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat keçasi 12-17 daraja, kunduzi 18-23 daraja böladi.
Respublikaning toğli hududlarida havo özgaruvçan böladi, vaqti-vaqti bilan yomğir yoğadi, baʼzi joylarda kuçli böladi. Baland toğlarda yoğingarçilik qorga aylanişi mumkin. Ğarbiy şamol yönalişini özgartirib, şarqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat keçasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja böladi.









