Bugun ob-havo qanday böladi?

Bugun ob-havo qanday böladi?

Özgidromet bugun, 25 iyul kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini eʼlon qildi.

Unga köra, Toşkent şahrida havo biroz bulutli böladi, yoğingarçilik kutilmaydi. Şamol şarqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat keçasi 21-23 daraja, kunduzi 35-37 daraja böladi.

Qoraqalpoğiston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda özgaruvçan böladi, yoğingarçilik kutilmaydi. Şamol şarqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat keçasi 20-25 daraja, kunduzi 34-39 daraja böladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda özgaruvçan böladi, yoğingarçilik kutilmaydi. Şamol şarqdan 9-14 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda çang-tözonlar bilan kuzatiladi. Harorat keçasi 22-27 daraja, kunduzi 34-39 daraja böladi.

Toşkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda özgaruvçan böladi, yoğingarçilik kutilmaydi. Şamol şarqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat keçasi 20-25 daraja, kunduzi 34-39 daraja böladi.

Qaşqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda özgaruvçan böladi, yoğingarçilik kutilmaydi. Şamol şarqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat keçasi 22-27 daraja, kunduzi 35-40 daraja böladi.

Andijon, Namangan, Farğona viloyatlarida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda özgaruvçan böladi, yoğingarçilik kutilmaydi. Şamol şarqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat keçasi 20-25 daraja, kunduzi 32-37 daraja böladi.

Respublikaning toğli hududlarida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda özgaruvçan böladi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomğir yoğadi, momaqaldiroq bölişi mumkin. Toşkent, Andijon, Namangan, Farğona viloyatlarining toğoldi va toğli hududlarida sel-suv toşqin hodisalari yuzaga kelişi mumkin. Şamol şarqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 13-18 m/s gaça kuçayişi mumkin. Harorat keçasi 12-17 daraja, kunduzi 22-27 daraja böladi.


Teglar:
×