Özbekistonda mobil reklama, spam-qönğiroqlar va SMS-xabarlar borasida fuqarolar huquqlarini himoya qiliş sezilarli darajada kuçaytirilmoqda, şuningdek, voyaga yetmaganlarning huquqlari kengaytirilmoqda. Bu haqda Prezidentning bugun, 15 iyul kuni qabul qilingan “Aholiga körsatilayotgan davlat xizmatlarini takomillaştiriş hamda fuqarolar uçun qöşimça qulayliklar yaratiş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorida söz boradi.
Unga köra, voyaga yetmagan fuqarolar öz huquqlarini himoya qiliş uçun sudlarga mustaqil ravişda murojaat qilganda davlat bojini tölaşdan töliq ozod etiladi. Bundan taşqari, 2026 yil 1 oktyabrdan boşlab mamlakatda şaxsiy maʼlumotlarni avtomatik ravişda yangilaş tizimi joriy etiladi. Fuqaroning familiyasi, ismi, otasining ismi yoki tuğilgan sanasi özgarganda, yangi maʼlumotlar idoralararo elektron hamkorlik kanallari orqali davlat organlarining barça tegişli axborot tizimlarida avtomatik tarzda yangilanadi.
Eng katta özgarişlar 2026 yil 1 noyabrdan boşlab mobil aloqa sohasini kutmoqda. Şu sanadan boşlab SMS-xabarlar orqali tovar va xizmatlarni taklif qiluvçi har qanday yuridik va jismoniy şaxslar qabul qiluvçining oldindan yozma yoki elektron roziligini olişi şart böladi.
Şuningdek, mobil reklama tarqatiş va reklama qönğiroqlarini amalga oşiriş böyiça xizmat körsatuvçi kompaniyalar faqat öz axborot tizimlarini Şaxsiy maʼlumotlar bazalari davlat reyestridan röyxatdan ötkazgandan keyingina işlaş huquqiga ega böladi.
Yangi qoidalar bilan qatʼiy vaqt çeklovlari ham joriy etilmoqda: telekommunikatsiya tarmoqlari orqali reklama qönğiroqlari va xabarlarini tarqatiş keçki va tungi vaqtda – soat 18:00 dan 09:00 gaça töliq taqiqlanadi.
Şu bilan birga, mobil aloqa operatorlari abonentning birinçi söroviga köra kelayotgan reklama qönğiroqlari va SMS-xabarlarini töliq yoki qisman bloklaşga majbur böladi. Uşbu talablarga rioya qilmaslik reklama va şaxsiy maʼlumotlar töğrisidagi qonun hujjatlarini buziş deb tasniflanadi va bu qonuniy taʼsir çoralari qöllanilişiga olib keladi.









