Eldor Şomurodovning goli JÇning eng çiroyli goli bölişi mumkin

Eldor Şomurodovning goli JÇning eng çiroyli goli bölişi mumkin

Özbekiston milliy terma jamoasi hujumçisi Eldor Şomurodovning Kongo DR darvozasiga kiritgan goli 2026 yilgi Jahon çempionati guruh bosqiçining eng çiroyli goli bölişi mumkin. Bu haqda FIFA xabar berdi.

Uşbu nominatsiyada ğolib böliş uçun guruh bosqiçida kiritilgan jami 215 ta gol orasidan eng çiroyli deb topilgan 12 ta gol saralab olingan. Uşbu röyxatdan Özbekiston milliy terma jamoasi sardori Eldor Şomurodovning Kongo Demokratik Respublikasi darvozasiga urgan “paraşyut” goli ham örin olgan. Hozirça ovoz berişning birinçi bosqiçi ötkazilmoqda.

Şomurodovning goli dunyo futboli yulduzlari – Lionel Messi, Kilian Mbappe va Vinisius Junior kabi maşhur futbolçilarning gollari bilan bir qatorda eʼtirof etildi.

FIFA mazkur golga yuqori baho berib, uni quyidagiça taʼrifladi:

“Santimetrigaça aniq hisoblangan va mukammal ijro etilgan uşbu gol Özbekistonning Jahon çempionatidagi debyutining eng yorqin lahzasi böldi”, deyiladi taşkilot xabarida.


Teglar:
×