“Mobil aloqa haqi ham kamida 35 ming söm”. Jamşid Qöçqorov elektr energiyasi narxi past darajada oşirilganini aytdi

“Mobil aloqa haqi ham kamida 35 ming söm”. Jamşid Qöçqorov elektr energiyasi narxi past darajada oşirilganini aytdi

Joriy yil 1 maydan Özbekistonda gaz va elektr energiyasi narxi qimmatlaşdi. Boş vazir örinbosari, iqtisodiyot va moliya vaziri Jamşid Qöçqorov parlamentdagi çiqişida tariflar past darajada oşirilganini aytdi. “Oyiga 300 kVt/soat elektr isteʼmoli uçun narx 20 ming sömga oşdi. Mobil aloqa xizmatiga ham kamida 35 ming söm tölanadi”, deya taʼkidladi hukumat rasmiysi.

Joriy yil 3 iyun kuni Toşkent şahrida Oliy Majlis Qonunçilik palatasining navbatdagi yiğilişi ötkazildi. Majlisda Jamşid Qöçqorov çiqiş qilib, davlat byudjeti ijrosi yuzasidan maʼlumot berdi. Hukumat rasmiysi sözi yakunida özgargan elektr energiyasi tariflari yuzasidan tuşuntiriş berdi.

Boş vazir örinbosarining aytişiça, Özbekistonda 7,6 millionta elektr energiyasi isteʼmolçilari bor. Şundan 70 foizi oyiga 300 kVt/soatgaça tok işlatadi.

“Tariflar oşirilişida heç qanday jiddiy masala körmayapmiz. Agar bir oila oyiga 300 kVt/soat tok isteʼmol qilsa, tölov miqdori avvalgidan 20 ming sömga oşadi, yaʼni 180 sömdan 200 ming sömga. Respublikada mobil aloqa xizmati uçun bitta abonent kamida 35 ming söm tölaydi. Bir oilada uçta telefon bor. Energiya tariflari past miqdorda oşirilgan bölişiga qaramay, ijtimoiy yordam masalalari ham közda tutilyapti”, dedi vazir.

Jamşid Qöçqorov masalani tuşuntirar ekan, agar oyiga 500 kVt/soat elektr toki işlatilsa, tölov miqdori avvalgidan oşmasligini aytdi.

“200 kVt/soatgaça bölgan elektr energiyasi tarifi 450 sömdan 600 sömga oşirildi. Bunda isteʼmolçi avvalgidan 30 ming söm köproq tölaydi. Ammo 201 kilovattdan 500 kilovattgaça bölgan narx 900 sömdan 800 sömga pasaytirildi. Örtaça oila oyiga 500 kVt/soat elektr isteʼmol qildi deylik. Narx pasaygani hisobiga uning oylik xarajati özgarmaydi. Yaʼni u oldin 500 kilovatt uçun 360 ming söm tölagan bölsa, hozir ham şunça tölaydi”, dedi vazirlik rahbari.

Jamşid Qöçqorov bergan maʼlumotga köra, mamlakatda oyiga 1000 kilovatt elektrdan foydalanadigan xonadonlar soni kam.


×