«Qamçiq» dovonida «Equinox» rusumli avtomaşina elektr simlaridagi qisqa töqnaşuv tufayli kelib çiqqan yonğin oqibatida töliq yonib ketdi. Bu haqda «Qamçiqavtoyöl» xabar berdi.
Qayd etilişiça, keça, 24 iyul kuni soat 12:55 da Guliston—Böka—Angren—Qöqon va Andijon orqali Öş avtomobil yölida Toşkent—Vodiy yönalişida harakatlanib kelayotgan «Equinox» rusumli avtotransport vositasining elektr qismidagi qisqa töqnaşuv tufayli yonğin sodir bölgan.
Yonğin hamkor taşkilotlar bilan birgalikda bartaraf etilgan.
«Tan jarohati olganlar yöq.Avtotransport vositalari ikki tomonlama xavfsiz harakatlanmoqda», deyiladi xabarda.









