«Özgidromet» ayrim hududlarni suv bosişi mumkinligidan ogohlantirdi

«Özgidromet» ayrim hududlarni suv bosişi mumkinligidan ogohlantirdi

Joriy yilning 23-26 iyul kunlari kutilayotgan yomğirlar yoğişi sababli, respublikaning toğ oldi va toğli hududlarida, jumladan:

Toşkent viloyati: Ohangaron, Böstonliq, Parkent, Piskent, Örtaçirçiq, Yuqoriçirçiq tumanlarida va Angren, Olmaliq şaharlarida;

Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Çortoq, Çust, Namangan, Yangiqörğon tumanlarida;

Farğona viloyati: Söx, Şohimardon, Farğona, Beşariq tumanlarida;

Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qörğontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xöjaobod, Marhamat tumanlarida va Xonabod şahrida sel-suv toşqin hodisalari yuzaga kelişi mumkin.

«Toğ oldi va toğli hududlarda istiqomat qiluvçi fuqarolarni, dam oluvçilarni hamda toğli hududlarda harakatlanuvçi haydovçilarni ehtiyotkorlik çoralarini körişlarini söraymiz.

Toşkent viloyati va Farğona vodiysi hududi böyiça yomğir suvlari töplanişi ehtimoli bor, bu esa hududlarni suv bosişiga olib kelişi mumkin», deyiladi «Özgidromet» xabarida.


Teglar:
×