UzAutoMotors avtomobil xaridorlariga ogohlantiriş bilan çiqdi

UzAutoMotors avtomobil xaridorlariga ogohlantiriş bilan çiqdi

UzAuto Motors kompaniyasi avtomobil sotib oliş niyatida bölgan xaridorlarga murojaat bilan çiqib, ularni ijtimoiy tarmoqlar, xususan onlayn-savdo saytlari orqali avtomobillar uçun tuzilgan şartnomalarni sotib olişdan saqlanişga çaqirdi. 

Kopmaniyaning qayd etişiça, ayni vaqttda avtomobillarni xarid qiliş tartibini soddalaştiriş, uşbu jarayonning şaffofligini taʼminlaş mexanizmini takomillaştiriş ustida muntazam ravişda iş olib borilmoqda. 

“Ayrim şaxslar uçun oldindan tölovning kamaytirilganligi, şuningdek şartnomani onlayn rasmiylaştiriş imkonini beruvçi qulay tizimning joriy etilişi avtomobilni şaxsiy foydalaniş uçun emas, balki faqat tijorat maqsadlarida (qayta sotiş) sotib oliş uçun işlatila boşlandi”, deyiladi kompaniya ogohlantiruvida.

Kompaniyaning alohida urğulaşiça, agar bir şaxs nomiga yiliga bir xil model uçun 2 tadan ortiq avtomobil xarid qilinsa, har bir keyingi avtomobil “navbatning” oxiriga ötadi hamda avtomobillarni yetkazib beriş muddati 120 kunga oşadi. Keyinçalik bir kişi tomonidan bir neçta avtomobillarni sotib oliş amaliyoti takrorlangan taqdirda, kompaniya isteʼmolçilar uçun avtomobillar mavjudligini taʼminlaş maqsadida uşbu muddatni 270 kungaça uzaytirişni körib çiqmoqda. 

“Şu kunlarda turli xil internet reklama eʼlonlari xizmatida (misol uçun, olx.uz) “avtomobilni qayta sizning nomingizga rasmiylaştiriş vaʼdasi” bilan tölovi amalga oşirilmagan şartnomalarni “sotib oliş” takliflari paydo böldi. 
Eʼtibor bering, şartnoma “UzAvtoSavdo” tizimi tomonidan avtomatik tarzda tuziladi. Undagi maʼlumotlarni na xaridor, na diler tomonidan özgartirişning imkoni yöq. Qolaversa, avtomobilni olgandan söng, tizim xaridorning iştirokida davlat raqamini röyxatdan ötkaziş uçun Yöl-harakati xavfsizligi davlat xizmatiga (YHXDX) elektron hisob-fakturani yuboradi”, deydi kompaniya. 

UzAuto Motors xaridorlardan ehtiyot bölişni va şartnomalarni "sotib oliş" böyiça şubhali takliflarga rozi bölmaslikni söramoqda.


×