Kubadagi portlaş oqibatida halok bölgan soni 30 nafardan oşdi

Kubadagi portlaş oqibatida halok bölgan soni 30 nafardan oşdi

Kuba poytaxtidagi Saratoga mehmonxonasida yuz bergan portlaş qurbonlari soni 32 kişiga yetdi, 80 kişi jarohat oldi, ulardan 15 nafari bolalar.

Kuba Soğliqni saqlaş vazirligi 10 nafar yaradorning ahvoli oğir deb baholanganini maʼlum qildi. Qidiruv-qutqaruv işlari davom etmoqda.

Mahalliy matbuotning yozişiça, halok bölganlar orasida homilador ayol va tört nafar bola bor. 19 kişi bedarak yöqolgan deb hisoblanadi.

Yaradorlarni kasalxonaga borgan prezident Migel Dias-Kanel voqeani baxtsiz hodisa deb atadi va fuqarolarni qon topşirişga çaqirdi. Portlaşga gaz sizib çiqişi sabab bölgan.

×