Butun hayoti va mehnat faoliyatini qişloq xöjaligi rivojiga bağişlagan taniqli agronom va taşkilotçi rahbar, Özbekiston Qahramoni, mehnat faxriysi Ibrohim Fayzullayev keça, 25 fevral kuni 89 yoşida vafot etdi.
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev, Senat raisi Tanzila Norboyeva, Oliy Majlis Qonunçilik palatasi raisi Nurdinjon Ismoilov, Boş vazir Abdulla Aripov va Fanlar akademiyasi raisi Behzod Yöldoşev marhumning oila aʼzolari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi. Unda şunday deyiladi:
Ibrohim Fayzullayev 1933 yil 25 avgustda Surxondaryo viloyatining Denov tumanida tuğildi. Örta maktabni tugatib, mehnat faoliyatini 1949 yilda jamoa xöjaligida oddiy işçi sifatida boşladi. Keyinçalik Samarqand qişloq xöjaligi institutini agronom mutaxassisligi böyiça tamomlab, Denov tumanining Sobir Rahimov nomidagi jamoa xöjaligida entomolog-agronom, boş agronom hamda xöjalik raisi, Surxondaryo viloyati qişloq va suv xöjaligi boşqarmasi boş agronomi kabi lavozimlarda fidokorona mehnat qildi.
Dehqonçilik sohasining sirlarini çuqur egallagan, boy bilim va hayotiy tajribasi, bor kuç-ğayratini el-yurt işiga bağişlagan mirişkor inson umrining oxirigaça öz kasbiga sodiq qolib, sönggi yillarda ham Denov tumanida ğalla-uruğçilik xöjaligi boşliği lavozimida samarali işlab, köpçilikka ibrat va namuna böldi.
I.Fayzullayev köp yillik mehnat faoliyati davomida özini yer ilmining haqiqiy bilimdoni, zamonaviy agrotexnologiyalar va xöjalik yuritiş usullarini puxta egallagan taşkilotçi rahbar, mehnatsevar, kamtarin va vatanparvar inson sifatida namoyon etib, butun mamlakatimizga tanildi.
U respublikamizda qişloq xöjaligi sohasidagi keng kölamli islohotlarni amalga oşiriş, fermerlik harakatini rivojlantirişga özining halol mehnati, amaliy taşabbuslari bilan munosib hissa qöşdi.
Xususan, Denov tumanining ijtimoiy-iqtisodiy rivojini taʼminlaş, aholining turmuş şaroitlarini yaxşilaş, taʼlim, tibbiyot va madaniyat maskanlari quriş va obod qiliş, yangi boğ va xiyobonlar barpo etiş, yoşlarni ona yurtga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalaşda jonbozlik körsatdi.
Ibrohim Fayzullayev mamlakatimizning siyosiy-ijtimoiy hayotida ham faol iştirok etib, Özbekiston Oliy Majlisi deputati sifatida ham samarali faoliyat olib bordi.
Ibrohim Fayzullayevning davlatimiz va xalqimiz oldidagi ulkan xizmatlari yuksak darajada eʼtirof etilib, u 1993 yili “Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan qişloq xöjalik xodimi” hamda 1996 yilda “Özbekiston Qahramoni” faxriy unvonlari bilan taqdirlangan edi.
Mamlakatimiz qişloq xöjaligi sohasining ulkan namoyandasi, mehribon ustoz, samimiy va kamtarin inson Ibrohim Fayzullayevning yorqin xotirasi qalblarimizda hamişa saqlanib qoladi.









