Özbekistonning jamoat xavfsizligi kontseptsiyasi tasdiqlandi

Özbekistonning jamoat xavfsizligi kontseptsiyasi tasdiqlandi

Özbekiston Prezidentining "Özbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi kontseptsiyasini tasdiqlaş va uni amalga oşiriş çora-tadbirlari töğrisida"gi farmoni qabul qilindi.

Özbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

Mamlakatimizda amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlar doirasida aholining tinç va osoyişta hayotini taʼminlaş hamda jamiyatimizda qonunga itoatkorlik va jamoat xavfsizligi madaniyatini şakllantirişga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Jumladan, jamoat xavfsizligini taʼminlaş yönalişidagi işlarni “Xalq manfaatlariga xizmat qiliş” tamoyili asosida taşkil etişning mutlaqo yangi mexanizm va tartiblari joriy etilib, davlat organlarining jamoatçilik tuzilmalari bilan özaro maqsadli hamkorligi yölga qöyildi.

Şu bilan birga, jahonda kuçayib borayotgan turli xavf-xatar va ziddiyatlar, el-yurt tinçligi va osoyiştaligiga tahdidlar, pandemiya, tabiiy va texnogen ofatlar masʼul davlat tuzilmalariga öz faoliyatini “Barça saʼy-harakatlar inson qadri uçun” degan ustuvor ğoya asosida yanada takomillaştiriş vazifasini yuklamoqda.

Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 26 martdagi “Jamoat xavfsizligini taʼminlaş va jinoyatçilikka qarşi kuraşiş sohasida içki işlar organlari faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqiçga kötariş çora-tadbirlari töğrisida”gi PF-6196-son Farmoniga muvofiq, şuningdek, mamlakatimizda jamoat xavfsizligini taʼminlaş tizimini yanada rivojlantiriş hamda uşbu sohadagi davlat siyosatining istiqbolli yönalişlarini belgilaş maqsadida:

1. Jamoat xavfsizligini taʼminlaşdagi ilğor xorijiy va milliy tajribalar asosida işlab çiqilgan hamda aholini har qanday tahdidlardan kafolatli himoya qilişga qaratilgan:

  • Özbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi kontseptsiyasi (keyingi örinlarda – Kontseptsiya) 1-ilovaga muvofiq;
  • 2022-2025 yillarda Özbekiston Respublikasida jamoat xavfsizligini taʼminlaş tizimini rivojlantiriş strategiyasi (keyingi örinlarda – Strategiya) 2-ilovaga muvofiq;
  • 2022-2025 yillarda Özbekiston Respublikasida jamoat xavfsizligini taʼminlaş tizimini rivojlantiriş strategiyasini 2022 yilda amalga oşiriş böyiça “yöl xaritasi” (keyingi örinlarda – “Yöl xaritasi”) 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Kontseptsiya, Strategiya va “Yöl xaritasi”da belgilangan çora-tadbirlarning öz vaqtida va samarali amalga oşirilişini taʼminlaş yuzasidan masʼuliyat jamoat xavfsizligini taʼminlovçi davlat organlarining şaxsan birinçi rahbarlariga yuklatilsin.

2. Kontseptsiya va Strategiyani bosqiçma-bosqiç amalga oşirişning quyidagi tartibi örnatilsin:

  • Vazirlar Mahkamasi (A.N.Aripov) – 2023-2025 yillarda har yili jamoat xavfsizligini taʼminlaşning samarali tizimini joriy qiliş böyiça aniq mexanizmlarni nazarda tutuvçi manzilli çora-tadbirlar dasturini tasdiqlasin hamda ijrosini qatʼiy nazoratga olsin;
  • Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengaşi (V.V.Maxmudov) – har yarim yilda davlat organlari rahbarlarining “Yöl xaritasi” va Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan manzilli çora-tadbirlar dasturlari ijrosi, şu jumladan, mazkur dasturlarning hududlar kesimida amalga oşirilişi yuzasidan hisobotlarini eşitiş va tanqidiy muhokama qiliş amaliyotini yölga qöysin.

3. Belgilansinki:

  • Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar markazlari va Toşkent şahrida ommaviy tadbirlarni ötkazişda hamda istirohat boğlari, xiyobonlar va bozorlarda jamoat tartibini saqlaşni taşkil etiş bevosita Milliy gvardiya bölinmalari tomonidan amalga oşiriladi;
  • 2022-2023 yillarda tuman içki işlar organlari tarkibidagi konvoy bölinmalari bosqiçma-bosqiç viloyat içki işlar organlarining bevosita böysunuviga ötkazilib, yagona boşqaruv tizimi asosida tumanlararo xizmat ötaş tamoyiliga muvofiq qayta taşkil etiladi.

Milliy gvardiya (R.M.Jörayev):

  • Adliya vazirligi (R.Q.Davletov) bilan birgalikda bir oy muddatda jamoat tartibini saqlaş sohasida sodir etiladigan maʼmuriy huquqbuzarliklar töğrisidagi işlarni körib çiqiş vakolati içki işlar organlari bilan bir qatorda Milliy gvardiyaga berilişi böyiça qonun loyihasini kiritsin;
  • bir oy muddatda hududlarning xususiyatlaridan kelib çiqqan holda jamoat tartibini saqlaş faoliyatini samarali taşkil etiş maqsadida 2022 yilda Namangan, Farğona, Andijon va Surxondaryo viloyatlaridagi, 2023 yilda Qoraqalpoğiston Respublikasi, Samarqand va Qaşqadaryo viloyatlaridagi Milliy gvardiyaning harbiy qismlarida muddatli harbiy xizmatni kengaytiriş böyiça asoslantirilgan takliflar kiritsin.

Içki işlar vazirligi (P.R.Bobojonov, B.T.Abdullayev):

  • Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda hududlarning kriminogen vaziyati va aholi ziçligidan kelib çiqqan holda tumanlararo patrul-post xizmati bölinmalarini taşkil etiş meʼyorlarini işlab çiqsin va tasdiqlasin;
  • Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda 2022 yil 1 martga qadar tasdiqlangan meʼyorlarga asosan mahalliy byudjet hisobidan kamida bittadan tumanlararo patrul-post xizmati bölinmalarini taşkil etiş çoralarini körsin;
  • 2022 yil 1 mayga qadar byudjetdan taşqari mablağlar hisobidan içki işlar organlari konvoy faoliyatiga konvoy ostidagi şaxslarni elektron brasletlar orqali nazorat qiliş tizimini joriy etsin.

4. Içki işlar vazirligi tuzilmasida Jamoat xavfsizligi departamenti (keyingi örinlarda – Departament) taşkil etilganligi maʼlumot uçun qabul qilinsin.

Quyidagilar Departamentning asosiy vazifalari etib belgilansin:

  • içki işlar organlari jamoat xavfsizligi bölinmalarining faoliyatini muvofiqlaştiriş, kompleks tahlil qiliş hamda ularga amaliy-uslubiy yordam körsatiş;
  • jamoat tartibini saqlaş faoliyatini taşkil etiş, jamoat joylarida aholining xavfsizligini taʼminlaşda içki işlar organlari kuç va vositalarini samarali boşqariş çoralarini köriş;
  • içki işlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi borasidagi faoliyatini taʼminlaş, profilaktik hisob va maʼmuriy nazoratdagi şaxslarni ijtimoiy moslaştiriş işlarini taşkil etiş;
  • voyaga yetmaganlar va yoşlar, ayniqsa, ularning uyuşmagan qismi bilan manzilli tarbiyaviy va profilaktik çora-tadbirlarni samarali taşkil etiş orqali ular orasida huquqbuzarliklarning oldini oliş;
  • yöl harakati xavfsizligini taʼminlaş faoliyatini taşkil etiş, yöl-transport hodisalarining barvaqt oldini oliş, transport vositasini boşqarişga doir çeklovlarga rioya etilişini nazorat qiliş;
  • ozodlikdan mahrum qiliş bilan boğliq bölmagan jazolarni ijro etişni taʼminlaş, probatsiya nazoratidagi şaxslarning xulq-atvorini nazorat qiliş, ijtimoiy moslaştiriş va qayta jinoyat sodir etilişining oldini oliş işlarini taşkil etiş.

Içki işlar vazirining örinbosari B.T.Abdullayev zimmasiga jamoat xavfsizligini taʼminlaş böyiça yangi joriy etilayotgan boşqaruv tizimini samarali yölga qöyiş hamda Departamentning asosiy vazifalari öz vaqtida va sifatli amalga oşirilişini taşkil etiş böyiça şaxsiy javobgarlik yuklansin.

5. Şunday tartib örnatilsinki, unga muvofiq Departament Strategiya, “Yöl xaritasi” va Vazirlar Mahkamasi tomonidan har yili tasdiqlanadigan mamlakatda jamoat xavfsizligini taʼminlaşga oid çora-tadbirlar dasturlarining amalga oşirilişi doirasida:

  • muntazam monitoring olib borib, belgilangan çora-tadbirlar sifatli va öz vaqtida ijro etilişi böyiça taklif va tavsiyalarni tegişli davlat organlariga kiritadi;
  • jamoat xavfsizligini taʼminlaş sohasida erişilgan natijalar va aniq körsatkiçlar aks ettirilgan batafsil axborotni doimiy ravişda keng jamoatçilikka yetkazib boradi;
  • har çorakda umumlaştirilgan hisobotni Vazirlar Mahkamasiga kiritadi hamda har yarim yilda Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengaşi muhokamasiga taqdim qiladi.

6. Belgilansinki:

  • Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toşkent şahar Kengaşlari majlislarida hududiy içki işlar organlari rahbarlarining örinbosarlari – jamoat xavfsizligi xizmati boşliqlari tomonidan har çorakda jamoat xavfsizligi yuzasidan hisobot beriş, şuningdek, mazkur yönalişda körilayotgan çoralarning natijalarini tanqidiy muhokama qilib, ularning samaradorligini oşiriş böyiça tavsiyalar işlab çiqiş amaliyoti joriy etiladi;
  • respublikada jamoat tartibini ommaviy buziş bilan boğliq holatlar yuzaga kelganda vakolatli idoralarning harakatlarini umumiy muvofiqlaştiriş vazifasi Departament zimmasiga yuklatiladi hamda uning qoşida yagona idoralararo boşqaruv ştabi taşkil etiladi;
  • Departament boşliği içki işlar organlari tomonidan amalga oşiriladigan jamoat xavfsizligini taʼminlaş tadbirlarining yagona muvofiqlaştiruvçisi hisoblanadi;
  • Departament va uning hududiy bölinmalari tarkibiga jamoat tartibini saqlaş, huquqbuzarliklar profilaktikasi, yöl harakati xavfsizligi va probatsiya xizmatlari kiritiladi.

Içki işlar vazirligi (P.R.Bobojonov, B.T.Abdullayev):

  • vakolatli davlat organlari bilan birgalikda ikki oy muddatda alohida şaroitlarda jamoat xavfsizligini taʼminlaş böyiça mavjud kuç va vositalarni tezkor va yagona idoralararo boşqariş tartibini işlab çiqsin hamda tasdiqlasin;
  • içki işlar organlari profilaktika va probatsiya inspektorlari, patrul-post va yöl-patrul xizmati xodimlarining faoliyatini baholaş tartibini tanqidiy qayta körib çiqsin va samaradorlik indikatorlarini öz içiga oluvçi reyting tizimini joriy etsin.

7. Mahallada jamoat xavfsizligini samarali taʼminlaş maqsadida içki işlar organlari profilaktika inspektorlari zimmasiga yuklatilgan vazifalar maqbullaştirilsin va ularning yagona röyxati 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Şunday tartib örnatilsinki, unga muvofiq:

  • profilaktika inspektorlarini ularning vazifa va faoliyat yönalişlari bilan boğliq bölmagan tadbirlarga jalb qiliş hamda faoliyatiga asossiz aralaşiş taqiqlanadi;
  • 2024 yil 1 sentyabrdan eʼtiboran Toşkent şahar içki işlar organlari, 2025 yil 1 sentyabrdan boşlab qolgan hududiy içki işlar organlari profilaktika katta inspektori lavozimlariga faqat oliy yuridik maʼlumotga ega bölgan xodimlar tayinlanadi;
  • profilaktika inspektorlari uçun Içki işlar vazirligi Akademiyasi sirtqi taʼlimiga qabul qilinadigan xodimlar umumiy sonining kamida yigirma beş foizi miqdorida qabul kvotasi ajratiladi;
  • 2022/2023 öquv yilidan boşlab, faoliyatida yuqori natijalarga erişgan Toşkent şahar va Toşkent viloyati içki işlar organlaridan ikkitadan, qolgan hududiy içki işlar organlaridan bittadan profilaktika inspektori Departament boşliği taqdimnomasiga asosan Içki işlar vazirligi Akademiyasining sirtqi taʼlimiga imtihonlarsiz qabul qilinadi hamda bepul öqitiladi.

Içki işlar vazirligi (B.T.Abdullayev, A.I.Ikramov) ikki oy muddatda profilaktika inspektorlarining hududda, xususan şahar va qişloq şaroitida faoliyat olib borişi böyiça aniq mexanizmlarni nazarda tutuvçi modellarni amaliyotga joriy etiş çoralarini körsin va ular böyiça öqitiş tizimini yölga qöysin.

8. Belgilansinki:

  • probatsiya inspektorlarining faoliyati hududiy profilaktika inspektorlari bilan kunlik uzluksiz hamkorlikda taşkil etiladi;
  • probatsiya inspektorlari zimmasiga profilaktik hisob va maʼmuriy nazoratdagilarning şaxsini örganiş va ularni ijtimoiy moslaştiriş işlarida profilaktika inspektorlariga amaliy-uslubiy kömaklaşiş böyiça qöşimça vazifalar yuklanadi.

9. Boş prokuratura va Içki işlar vazirligining probatsiya tizimini yanada takomillaştiriş böyiça quyidagi takliflari maʼqullansin:

  • probatsiya nazoratidagi şaxslarga örnatiladigan çeklovlar doirasini, çeklovlarga rioya etişni taʼminlaş va nazorat qilişning mexanizmlarini aniq belgilaş;
  • probatsiya nazoratidagi şaxslarga nisbatan yuritiladigan hujjatlarni töliq elektron şaklga ötkaziş, ularga nisbatan rağbatlantiriş va intizomiy jazo çoralarini qöllaş tartibi va asoslarini belgilaş;
  • probatsiya nazoratidagi şaxslarga ijtimoiy-psixologik yordam beriş hamda kasb-hunar örganiş va işga joylaşişda kömaklaşiş tadbirlarini, mutasaddi organlarning vazifalarini aniq belgilagan holda, yakka tartibdagi ijtimoiy moslaştiriş dasturi asosida amalga oşiriş;
  • probatsiya nazoratidagi şaxslar ijtimoiy-psixologik portretining yagona şaklini, ularni toifalarga ajratiş mezonlarini, yangi jinoyat sodir etişning oldini oliş tartibini belgilaş.

Içki işlar vazirligi (P.R.Bobojonov), Boş prokuratura (N.T.Yöldoşev) ikki oy muddatda mazkur farmonni inobatga olgan holda ilğor xorijiy tajriba asosida “Probatsiya töğrisida”gi qonun loyihasini işlab çiqsin va belgilangan tartibda kiritsin.

10. Içki işlar vazirligi (P.R.Bobojonov), Milliy gvardiya (R.M.Jörayev) ikki oy muddatda içki işlar organlari va Milliy gvardiyaning şaxsiy tarkib va uning oila aʼzolarini ijtimoiy himoya qilişga doir barça qonun va qonunosti hujjatlarning normalarini yagona normativ-huquqiy hujjatda aks ettiruvçi hamda ijtimoiy himoya çoralarini qöllaşning aniq va töliq mexanizmlarini belgilovçi Hukumat qarorlari loyihalarini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

11. Özbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 5-ilovaga muvofiq özgartiriş va qöşimçalar kiritilsin.

12. Içki işlar vazirligi (P.R.Bobojonov) manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:

  • içki işlar organlarining hududiy patrul-post xizmati tarkibida öz mablağlari hisobidan bosqiçma-bosqiç otliq otryadlarni taşkil etişni nazarda tutuvçi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
  • qonunçilikka uşbu farmondan kelib çiqadigan özgartiriş va qöşimçalar töğrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

13. Mazkur farmonning ijrosini samarali taşkil qilişga masʼul etib içki işlar vaziri P.R.Bobojonov va Milliy gvardiya qömondoni R.M.Jörayev belgilansin.

Farmon ijrosini muhokama qilib boriş, masʼul vazirlik va idoralar faoliyatini muvofiqlaştiriş va nazorat qiliş Özbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatçisi B.D.Islamov zimmasiga yuklansin.

Özbekiston Respublikasi Prezidenti
Şavkat Mirziyoyev

Toşkent şahri, 2021 yil 29 noyabr 

×