Avvalroq, Toşkent davlat pedagogika universitetining 3-kursida tahsil oluvçi talaba qizga dekan örinbosari tegajoğlik qilib, niyatiga yetolmagaç uni derazadan itarib yuborgani haqida xabar bergandik.
Talaba qizning onasi “UzReport” telekanaliga bergan intervyusida tergov payti dekan örinbosari uşbu işda qizini ayblaganini maʼlum qildi.
“U (dekan örinbosari)ning tergovda aytişiça, mening qizim uning xonasiga kirib, kalitni olib, xonani qulflab olgan emiş. Qizimning yigiti kelib qolib, raşq qilganidan keyin qayerga berkinişini bilmasdan, derazadan özini taşlab yuborgan emiş.
Mening qizim hali hayotga töymagan, quvnoq qiz. Qizim ijodkor qiz, u hali bunaqa narsalar haqida öylamaydi. Çunki oilamiz – öqimişli oila: hammamiz öqituvçimiz. Şuning uçun ham qizim unga işonib, xonasiga kirgan”, deydi talaba Muştariybonu Komilovaning onasi.
Eslatib ötamiz, jabrlanuvçi Muştaribonu Komilovaning iddaosiga köra, u joriy yilning 18 oktyabr kuni “Zulfiya” nomidagi davlat mukofotiga tavsiyanoma oliş maqsadida yoşlar işlari böyiça dekan örinbosari Boğabek Yöldoşev xonasiga kirgan. Dekan xonasidan hamma çiqib ketgaç, eşikni qulflab, unga tegajoğlik qilgan. Qizni divanga yotqizmoqçi bölganda, u qarşilk körsatgan va deraza oldiga borib qolgan. Niyatiga yetolmagan Boğabek Yöldoşev uni itarib yuborgan.
Hozirda Boğabek Yöldoşev hibsga olingan. Holat böyiça Yakkasaroy tumani IIO FMB tergov bölimi tomonidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 118-moddasi (“Nomusga tegiş”) va 105-modda (“Qasddan badanga örtaça oğir şikast yetkaziş”) alomatlari bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Qayd etiş kerakki, uşbu holatga mamlakat Prezidentining tönğiç qizi – Milliy mass-mediani qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş jamoat fondi Vasiylik Kengaşi raisi örinbosari Saida Mirziyoyeva munosabat bildirib, “talaba qizlarga nisbatan şilqimlik – jiddiy muammo” ekanini taʼkidlagan.









