Ertaga saylov: Jazo ötayotgan qança mahkumlar ovoz beradi?

Ertaga saylov: Jazo ötayotgan qança mahkumlar ovoz beradi?

Ertaga, 24 oktyabr kuni Özbekiston Respublikasida katta siyosiy jarayon – Prezident saylovi bölib ötadi. Saylov kodeksiga köra, katta ijtimoiy xavfi bölmagan jinoyatlar va unça oğir bölmagan jinoyatlar sodir etganligi uçun ozodlikdan mahrum etiş joylarida saqlanayotgan şaxslarning saylovda iştirok etişi mumkin.

Şu örinda bir savol tuğiladi: jazoni ijro etiş muassasalarida saqlanayotgan mahkumlarning ovoz beriş jarayoni qanday keçadi? U yerda ham saylov uçastkalari taşkil etilganmi? IIV matbuot kotibi Şohrux Ğiyosov JIEMlarda saylov jarayonlari qanday taşkil etilişi böyiça maʼlumot berdi.

Ğiyosovning maʼlum qilişiça, bu yilgi Prezident saylovida ilk bor unça oğir bölmagan yoki ijtimoiy xavfi katta bölmagan jinoyatlarni sodir etganligi uçun jazo muddatini ötayotgan mahkumlar ham saylovda qatnaşadi. 

Bugungi kunda jazoni ijro etiş muassasalarida saylovda ovoz beriş huquqiga ega bölgan 8 203 nafar saylovçilar (569 nafar ijtimoiy xavfi katta bölmagan, 1 300 nafar unça oğir bölmagan, jami 1 869 nafar) ovoz beriş huquqidan foydalaniş imkoniyatiga ega. Şundan 6 334 nafar saylovçi tergov hibsxonalarida saqlanmoqda.

Hududiy saylov uçastkalari orqali saylovda iştirok etadigan 1 660 nafar mahkumlardan 23 ta manzil-koloniyadan transport orqali hududiy saylov uçastkalariga 1 274 nafar mahkum olib boriladi va 15 ta yopiq turdagi muassasalarda saqlanayotgan 386 nafar mahkumlarga saylov qutilari olib kelinadi. Saylov qonunçiligiga köra, saylovga 60 kun qolganda qamoqda saqlaş va ozodlikdan mahrum etiş joylaridagi saylovçilarning ovoz berişi uçun jami 18 ta saylov uçastkalari taşkil etildi.

Eslatib ötamiz, mazkur saylov jarayonlarida nomzodlar, kuzatuvçilar, ommaviy axborot vositalari vakillari iştirok etiş huquqiga ega va ular tösiqsiz içkariga qöyiladi.

Maʼlumot örnida, 2019 yilgi Parlament saylovlarida 3 619 nafar mahkumlar ovoz beriş huquqidan foydalangan edi.

×