Samarqandda öquvçini kaltaklagan “zamdirektor” işdan olindi

Samarqandda öquvçini kaltaklagan “zamdirektor” işdan olindi

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida öqituvçi 10 yaşar bolani ayovsiz kaltaklagani aks etgan videolavha tarqalgandi. Mazkur holat yuzasidan tuman Xalq taʼlimi bölimi Matbuot xizmati maʼlumot berdi.

Qayd etilişiça, ikki hafta oldin Oqdaryo tumanidagi 53-umumtaʼlim maktabining 4-“V” sinfida öqiyotgan N.B.ga nisbatan maktabning öquv işlari böyiça direktor örinbosari M.V. qöl kötargan. Samarqand viloyati Xalq taʼlimi boşqarmasi boşliği örinbosari O.Jangirov, tuman Xalq taʼlimi bölimi mudiri S.Ortiqova hamda boşqa masʼullar uşbu holat böyiça örganiş va tuşuntiriş işlarini olib borgan. 

Maktabning öquv işlari böyiça direktor örinbosari M.V.ga nisbatan intizomiy çora qöllanilib, u öz vazifasidan ozod qilingan.

Xabarga köra, hozirda öquvçi va uning ota-onasi tomonidan heç qanday eʼtirozlar yöq.

×