Olimlar yaqin 10 yilda rekord darajadagi jazirama haqida ogohlantirişdi

Olimlar yaqin 10 yilda rekord darajadagi jazirama haqida ogohlantirişdi

Yer sayyorasida ob-havoning kötarilişi yaqin ön yil içida rekord darajaga yetişi mumkin. Tsyurix Oliy texnika maktabi olimlari şunday xulosaga kelişgan. 

Tadqiqot maʼlumotlari Nature Climate Change jurnalida çop etilgan.

Mualliflarning fikriga köra, yaqinda sodir bölgan anomal issiq tölqin Yevropa, Osiyo va Qöşma Ştatlarning aksariyat qismida harorat kötarilişining muqaddimasi hisoblanadi.

Ğayritabiiy isişning oldingi davrlaridagi maʼlumotlariga asoslanib, olimlar bir haftalik modelni yaratdilar. Ular issiqxona gazlari çiqindilari darajasida haddan taşqari issiqlik tölqinlari qanday özgarib turişi ustida tadqiqot ötkazdilar. 

Natijalar şuni körsatdiki, 2021-2050 yillarda rekord darajadagi issiqlik tölqinlari ikki-yetti marta köproq, 2051-2080 yillarda esa uçdan 21 martagaça oşişi mumkin. 

Hozirgi vaqtda Yer har ön yilda Selsiy böyiça 0,18 darajaga isimoqda – bu avvalgi 40 yilga nisbatan ança tezroq.

«Tadqiqotimizning asosiy xulosasi şundan iboratki, yaqin ön yilliklarda biz ötgan harorat körsatkiçlaridan sezilarli darajada oşib ketadigan köproq issiqlik tölqinlariga tayyorgarlik körişimiz kerak», – deydi tadqiqotning yetakçi muallifi Erik Fişer.

Uning sözlariga köra, olingan natijalar zararli gazlar çiqindilarini kamaytiriş zarurligini körsatmoqda.

Turli mamlakatlarning köplab olimlari şveytsariyalik hamkasblarining xulosalarini qöllab-quvvatladilar, ammo baʼzilari ularni tugallanmagan deb hisoblaşgan.

Masalan, Pensilvaniya universitetidan Maykl Mann tadqiqot mualliflari özlarining modellarida hodisalar va atmosfera aylanişi fizikasini yetarliça hisobga olmaganligini taʼkidlagan.

×